64 yoshli sobiq murabbiy 24 yilga qamaldi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2019, 22:55
"Sautgempton"ning yoshlar jamoasi sobiq murabbiyi o'smirlarga jinsiy tajovuz qilgani uchun 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

VVS xabariga ko'ra, murabbiy 1971 yildan 1996 yilga qadar massaj vaqtida va mashinalarda yosh qiz futbolchilarga jinsiy tajovuzlar qilgan va ruhiy zarbalar bergan. Shundan keyin bir necha yoshlar futboldagi faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan.

Xiggins ayni damda 64 yoshda. Agarda u qamoq muddatini to'liq o'tkazadigan bo'lsa, 88 yoshida yana katta hayotga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ВВС