So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

“5ta gol hujumchi uchun juda kam” – “Xorazm” futbolchisi SHahzod Beshimov bilan intervyu Yangiliklar

“5ta gol hujumchi uchun juda kam” – “Xorazm” futbolchisi SHahzod Beshimov bilan intervyu

Aslida "Buxoro" futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan, joriy mavsumni "Xorazm"da o'tkazgan SHahzod Beshimov bilan intervyuni mutolaa qiling.

- Dastavval oila azolaringiz va futbolga kirib kirib kelishingiz haqida to'xtalib o'tsangiz!

- Men 2000 yil Buxoro tumanida tug'ilganman. Oilada 6 kishimiz, ota-onam, 2 nafar akam va 1 singlim bor. Futbolga kirib kelishimda oilaviy muhit katta ro'l o'ynagan desam mubolag'a bo'lmaydi. Sababi otam va tog'alarim muntazam jahon va o'zbek futbolini maroq bilan kuzatib kelishadi. 4-sinfni tugatgan paytimda onam va tog'am qo'limdan etaklab Galaosiyo sport maktab-internatiga olib borishgan va u erda ustozlarim Raxmatov Ilhom va Qo'ldoshev Abdurahmon akalar qo'l ostida mahoratimni oshirib bordim. 2016 yil Galaosiyo sport maktab-internatini tamomlab, Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olishni davom ettirdim. U erda Kazakov G'olib, Toshev Sobir va Samiev Komil kabi murabbiylardan futbol sir-asrorlarini o'rgandim. 2017-2018 yillar Buxorda “Labsa” jamoasi bilan ikkinchi ligada, keyinchalik birinchi ligada ishtirok etdik. SHu jamoadagi o'yinlarimni kuzatgan “Buxoro” jamoasi murabbiylari avvaliga yoshlar jamoasiga, keyinchalik asosiy jamoaga taklif qilishdi.

- “Buxoro” jamoasidagi debyut o'yiningiz va jamoani tark etishingiz sabablari haqida aytib o'tsangiz…

- “Buxoro” jamoasining o'sha vaqtdagi murabbiyi Muxsin Muhammadiev 2018 yil “Dinamo” jamoasiga qarshi uchrashuvda menga imkoniyat berdi. SHu orqali katta futboldagi debyutimni nishonladim. 2018-2019 yillarda “Buxoro” futbol klubida faoliyat olib bordim. Jamoa 2020 yil Pro ligaga tushib ketdi. Davron Fayziev “Buxoro”klubini qabul qilib oldi hamda o'zining futbolchilarini jamoaga olib keldi. Menda o'yin amaliyoti birinchi davrada kamroq bo'ldi.

- “Xorazm” jamoasiga sizni kim taklif qildi?

- “Xorazm” futbol klubiga meni bosh murabbiy Aleksandr Ejov taklif qildi hamda bosh direktor Maqsud Karimov bilan suhbatdan keyin hech ikkilanmasdan taklifni qabul qildim. (“Buxoro” jamoasining etakchi futbolchisi Sanat SHixov ham “Xorazm” jamoasi haqida iliq fikrlar bildirib maslahat berganini ham alohida takidlab o'tgan bo'lardim).

- 2021 yilda ko'rsatgan o'yinlaringizdan qoniqdingizmi?

- Ushbu mavsum “Xorazm” jamoasi murabbiylari menga ko'p bor imkon berishdi va ishonchlarini oqlab, jamoadoshlarim va muxlislar bag'ridan chuqur joy oldim, deb o'ylayman. 2021 yilda “Xorazm” safida 5 ta gol muallifiga aylandim. Tan olish kerak bu hujumchi uchun juda kam hisoblanadi. Jamoa safida 2021 yil Ro'zimboy Ahmedov, Sarvar Jumaniyozov, Temur Bekchanov va Sardor Matmurotov kabi mahoratli hujumchilar bor edi. SHu sababli 70% uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushdim. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Xudo xohlasa keyingi mavsum to'purar bo'lishga intilaman

- Futboldagi kumiringiz kim?

- Jahon futbolida Krishtianu Ronaldu, o'zbek futbolida esa Ulug'bek Baqoev. Ushbu o'z ishining ustalari meni mehnatkashliklari bilan doim qoil qoldirishgan.

- Uchrashuvlarda qaysi jamoadoshingiz bilan bir qarashda bir-birlaringizni tushunasizlar? Maydonda Saidjamol Davlatjonov, Xazratjon Tursunkulov va Diyor Ramozanovlar bilan judayam bir-birlarmizni tushunib harakat qilamiz. SHuningdek, 1 davrada jamoamiz safida o'ynagan Ro'zimboy Ahmedov va Farrux Haydarovlar bilan ham tezda bir-birimizni tushunar edik.

- “Xorazm” jamoasi bilan qachongacha o'z taqdiringizni bog'lagansiz?

- “Xorazm” jamoasi bilan 2022 yil yakunigacha shartnomam bor. Keyingi mavsumdagi asosiy maqsadim jamoaning Superliga chiqishiga yordam berish. 

- Kelajakdagi rejalaringiz haqida so'zlab bersangiz.

- Meni oila azolarim professional futbolchi bo'lishimgacha moddiy va manaviy tomonda juda ko'p qo'llab yordam berishgan. Men o'zimga shunday maqsad qo'yganmanki, kuchli chet el jamoalarida to'p tepishni, CHempionlar Ligasida o'ynashni, milliy jamoaga tushishni oldimga maqsad qilib qo'yganman. Ota-onam va akalarimning orzularini amalga oshirishga qattiq ahd qilganman. Ular menga ishonishadi va men bu ishonchni xudo xohlasa inshaa Allox albatta oqlayman!

Xursandbek Matkarimov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика