40 yoshli Lucho Gonsales faoliyatini yakunladi
28 may 2021 20:43
Yangiliklar
40 yoshli Lucho Gonsales faoliyatini yakunladi
"Portu", "Marsel" singari klublar sobiq yarim himoyachisi Lucho Gonsales futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Sudamerikana kubogi doirasida "Atletiko Paranaense" va "Aukas" uchrashuvi taniqli Lucho Gonsalesaning faoliyatidagi so'nggi uchrashuv bo'lib yodda qoldi. Tribunadagi muxlislar o'yinning dastlabki besh daqiqasida futbolchini tinimsiz olqishladilar.
Malumot uchun, Lucho faoliyati davomida 29 ta sovrin yutgan. U Evropadan tashqarida "River Pleyt", "Urakan", "Al-Rayan" va "Atletiko Paranaense" singari klublarda to'p tepishga ulgurdi.
Lucho Argentina terma jamoasi safida 45 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar
12:51
"Manchester Siti" qishki transferlarga 212 million evro ishlatdi - bu tarixdagi ikkinchi natija 44
Fikrlar