So’nggi yangiliklar

08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  4 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  55 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  4 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0

40 yoshigacha maydonda javlon urgan Abdumajid Toirov 46 yoshga to'ldi Yangiliklar

40 yoshigacha maydonda javlon urgan Abdumajid Toirov 46 yoshga to'ldi

O'zining 40 yoshida ham professional darajada to'p tepib, o'zbek futbolida o'ziga yarasha iz qoldirgan tajribali himoyachi Abdumajid Toirov bugun o'z tavallud kunini nishonlayapti.

Abdumajid aka bugun 46 yoshga to'ldilar. Metin himoyachi sifatida tanilgan Toirov 1996 yili Termizning ASK klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Besh yil davomida “Surxon” klubi sharafini himoya qilgan futbolchi 2000 yili Farg'onaning “Neftchi” jamoasi safiga borib qo'shiladi. Aynan vodiy jamoasi tarkibida u faoliyatidagi yulduzli onlarini o'tkazgan, desak yanglishmaymiz.

Olti yil mobaynida “Neftchi” safida o'ynagan Abdumajid Toirov keyinchalik “To'palang”, “Quruvchi”, “Olmaliq”, “Xorazm”, “Andijon”, “Navbahor” jamoalari sharafini himoya qildi. “Neftchi” tarkibida mamlakat chempioni bo'ldi. To'rt marta O'zbekiston kubogining finalida o'ynadi, lekin bu sovrinni yutish nasib qilmadi.

Olti yildirki, Abdumajid aka murabbiylik faoliyatini olib boryapti. Biz bugun oilasi davrasida tavallud ayyomini nishonlayotgan Abdumajid Toirovdan faoliyati xususida qisqacha intervyu oldik.

- Abdumajid aka, bugungi kunda murabbiylik faoliyatini olib boryapsiz. Bu faoliyat qanday boshlangan?


- Albatta, futbol o'ynab yurgan kezlarimdayoq, bir kun kelib murabbiy bo'laman, deb o'z oldimga maqsad qo'ygandim. Faoliyatimning so'nggi yillarida o'zimni shunga tayyorlab bordim. Ko'z tegmasin, hozircha hammasi ko'ngildagidek ketyapti.

- Murabbiylik siz o'ylagandek qiyin ekanmi? CHunki, futbolchilik davrida bu sizga bilinmagan bo'lishi mumkin. Mana endi murabbiylarga oson emasligini tushunib etyapsizmi?


- Ha, boshida ozgina noqulay edi. Sababi, men hamisha murabbiy qarshisida turishga o'rganib qolgandim. Endi esa aksincha, futbolchilarga yuzma-yuz turibman. Ularga futbol o'ynashni o'rgatishim kerak. Vaqt o'tishi bilan o'zim uchun yangi olamga ko'nikib boryapman. Bilasizmi, agar qilayotgan ishingiz sizga maqul kelsa va undan qaysidir manoda qoniqish xosil qilsangiz, o'sha siz aytgan qiyinchiliklar bilinmaydi. To'g'ri, murabbiylik ishi oson emas. Lekin mashg'ulot chog'ida shunchalik jarayonga kirishib ketasizki, bazi muammolarni tamomila unutasiz. Xuddiki, siz bilan futbolchilardan tashqari hech narsa yo'qdek atrofda.

- Futbolchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lganmi? Har holda 40 yoshingizgacha to'p tepdingiz. Bo'ldi, faoliyatingni tugat endi, deganlar bo'lganmi?


- Albatta bo'lgan. Bobur aka Haydarov shunday deb ko'p hazillashardilar. Faoliyatimdan ko'nglim to'lgan. Faqat O'zbekiston kubogini qo'lga kirita olmaganimdan ko'p holatlarda afsuslanaman. Ozgina alamli ham bo'lgan. CHunki to'rt marotaba kubokning finalida o'ynaganman.

Keling, shu o'rinda niyat qilaylik, Abdumajid Toirov futbolchilik davrida erisha olmagan yutuqlariga murabbiy sifatida erishsin! Bugungi tavallud ayyom esa yana bir bor muborak bo'lsin!


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика