So’nggi yangiliklar

18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  1 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  3 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1

"40 soatlik yo'ldan keyin ham yigitlarning charchagani ko'rinmadi" Yangiliklar

"40 soatlik yo'ldan keyin ham yigitlarning charchagani ko'rinmadi"

Pro-liganing 24-turi doirasida "Mashal" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Olimpik MobiUz" jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.

Mash’al

Anvar Murodov - 14', Nurzhahon Muzaffarov - 79', SHahboz Jo'rayev - 81'

Pro liga. 24-tur

23/10/2024, 16:00

1
:
3
Tugadi

Olimpik-MobiUz

Nurlan Ibraimov - 5'

45'
90'
14'  Anvar Murodov
79'  Nurzhahon Muzaffarov
81'  SHahboz Jo'rayev
81'  Islom Baratov
5'  Nurlan Ibraimov
5'  Murod Komilov

O'yin haqida

- "Mashal"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Ular mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatib kelishmoqda. Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorlangan edik va g'alabani juda ham xohlagandik. O'yinni yaxshi boshladik, tezkor gol urdik. Lekin o'zimizning xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda biz g'alabani ko'proq xohladik shekilli, himoyani unutib qo'ydik va shuni hisobiga ikkinchi golni qo'yib yubordik. Bu gol o'yin taqdirini hal qildi.

- Gollarda himoya chizig'ining aybi bormi?

- Gollarda himoyachilarning ham aybi bor. Lekin umuman olganda bu butun jamoaning aybi. CHunki himoya hujumdan boshlanadi. Ko'p vaziyatlarda qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. Jamoaviy o'yin hisobiga biz mag'lub bo'ldik.

- Yarim jamoangiz Urugvayda bo'lib keldi. Bu o'yinga borib kelish 40 soat vaqtni olibdi. Bu ham jamoaning charchashiga tasir qilganmi?

- Balki tasir qilgandir. CHunki dam olganimiz yo'q. Bugun asosiy tarkibda o'ynagan 11 yigitning barchasi Urugvayda bo'lib keldi. Ikki kun yo'lda yurdik, o'yinoldi mashg'ulot o'tkazdik va 6 soat yo'l yurib, o'yinga keldik. Tasiri bo'lishi mumkin. Lekin yigitlar bunga moslashgan, bu ko'rinib turibdi. Biroq o'yin davomida ularning charchagani ko'rinmadi. Biz individual xatolar evaziga yutqazdik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика