So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

3x2 = OLTI! Yangiliklar

3x2 = OLTI!

"Andijon" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'yindagi uch ochko amalda 6 ochkoga teng edi.

"PAXTAKOR"

Bu ikki jamoa o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinda yuqoridagi klub bilan bevosita bog'liqliklari o'quvchilar uchun qiziq bo'lsa kerak.

"Paxtakor" ikkinchi davraning dastlabki ikki turida aynan mana shu ikki klub mehmoni bo'ldi. Birinchisida "Andijon"da mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, ikkinchisida "Qo'qon-1912" bilan ochkolarni bo'lishib oldi. Ikki klub posboni "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari, Akmal Tursunboev va Nikita Ribkin. "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi ham aynan "Paxtakor"dan o'z ona shahriga qaytgandi. Bu shunchaki qiziq malumot.

22 - 17 = 5 yana ikki nafar bosh murabbiylar!

Oliy liganing uchinchi turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" va "Andijon" jamoalari o'rtasidagi o'yinda maydon egalari 1:0 hisobda g'alaba qozongandilar. Uchrashuvdagi yagona gol 47-daqiqada Nosir Otaqo'ziev tomonidan kiritilgandi. O'shanda mezbonlarni Murod Ismoilov, mehmonlarni Baxtiyor Ashurmatov maydonga boshlab tushgan edi. Tarkibdan kecha "Qo'qon-1912" safida 8 nafar, "Andijon"dan esa 9 nafar (!) o'zgarish bo'lgan, bu juda - juda katta o'zgarish! Ikki jamoani qo'shganda bor yo'g'i 5 nafar futbolchi birinchi davrada bo'lgani kabi, kechagi o'yinning asosiy qaydnomasidan joy oldilar. Murabbiylar ham o'zgargan, o'yin uslubi o'zgargan. Bu o'zgarishlar, kechagi bahsdan kelib chiqsak o'yin bo'yicha "Qo'qon-1912" foydasiga bo'ldi. 


O'YIN

Andijondagi musobaqa bahonasida bu o'yinga tushish imkoniyatiga edim. Muxlislarning oqimi ham ancha katta bo'ldi. Qo'qonni o'zidan 1000 nafarga yaqin ishqiboz stadionga keldi. Lekin Andijondagi bir necha yillik muammo hamon bartaraf etilmagan. OAVni kerakli hududga kirib borishi juda qiyin. Bejizga OFK klublar oldiga OAVni uchun ajratilgan yo'lak muxlis va rahbariyatnikidan ayri bo'lishi kerakligini talab qilib qo'ymaydi. Afsuski, bizning PFL hamon mazkur talabni qo'yadigan kuchga ega emas.

O'yin boshlandi, dastabki 5 daqiqadan kelib chiqsak, "Andijon"ni g'alaba qozonishini bashorat qilish mumkin edi. Ayniqsa klubning yangi legioneri Bugnyak o'yinni yaxshi boshlay olgandi. Bo'yi ham ancha uzun, tepalatib keladigan to'pni qiyinchiliksiz boshi bilan raqib darvozasiga yo'llashi mumkin. Ammo unga mos yarim himoyachi bo'lmadi. "Paxtakor" bilan o'yinda aynan legionerlarning xizmati katta bo'lgan edi. Aftidan, No'mon Hasanov ularni sinchiklab o'rgangan. "Qo'qon-1912"ning baxtiga o'sha ilk daqiqalarda Nikola Valentich juda yaxshi harakat qildi. 

17-daqiqada Ibrohim Otaxonov o'z jarima maydonchasi yaqinida qo'pollik ishlatdi. Bu vaziyatda Ravshan Ermatov himoyachini ayagan holda faqat jarima zarbasini belgilash bilan cheklandi. Sariq kartochka o'rnini Sobir Hamidovning to'p uzatishidan so'ng Doston Tursunov boshi bilan gol bilan “bosdi”. Ikkinchi gol o'zini ko'p kuttirib qo'ymadi. 22-daqiqada Hamidovning bu safargi pasini Otabek Zokirov golga aylantirdi. SHundan keyin “Qo'qon-1912” jamoasida yana bir nechta vaziyat yuzaga keldi, mezbonlarning baxtiga Akmal Tursunboev ancha ishonchli harakat qildi. Birinchi bo'lim so'nggida Nikita Ribkin darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Bu Ribkinning eng ojiz nuqtalaridan biri, ayniqsa o'ng tomon to'qqizlik. Uning baxtiga berilgan zarba ancha tepaga yo'naldi.

Mamatkazin birinchi bo'limni o'zidayoq o'zgartirish qildi. Dilshod Jo'raev o'rniga Azamat Isroilov maydonga tushdi. Ikkinchi bo'lim boshida Bugnyak o'rniga Berdiev maydonga tushdi. Hasanov esa zaxiraga qo'l urishga shoshmadi. Ikkinchi bo'limda “Qo'qon-1912” mayda paslar bilan raqibni charchatishga o'tdi va buni uddalay oldi. Kecha faqat andijonlik muxlislarga achinish mumkin edi. Ular tomonidan yaratilgan “aura”ga uncha buncha klub havas qiladi. Qo'qonliklarni ham maqtab o'tish lozim, stadionga PFL qaydnomasiga qarasak, 9615 nafar muxlis kelganini ko'ramiz.

Oybek Rustamov o'rniga 67-daqiqada Javohir Sidiqov tushdi va mehmonlarni to'pni nazorat qilish imkoniyati oshdi. Andijon harchand urinmasin, “Qo'qon-1912” himoyada yaxshi harakat qildi. Ibrohim Rahimov 65-daqiqada sariq kartochka olganidan so'ng Hasanovdan o'zgarish kutgan edim. Sababi birinchi davrani andijonliklar safida o'tkazgan “Kafu” asabiylasha boshlagandi. Uning o'rniga Nodir Yo'ldoshevni tushishi mantiqan to'g'ri bo'lardi.


Uchrashuvning kulminaciyasi 85-daqiqaga to'g'ri keldi. Hamidov Otaxonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Uning ortida turgan Rahimov esa unga tashlandi. Katta jan-jal yuzaga keldi. U tomondan Ro'zim Ahmedov, bu tomondan No'mon Hasanov muxlislar oldida bir-birlarini haqoratladilar. Qizig'i buning bari PFL rahbari, uchrashuv komissari Farhod Magometovning ko'z o'ngida bo'ldi. Odatda bunday holatlar Evropada qayd etilsa juda jiddiy choralar ko'riladi. Voqealar rivojini kuzatamiz. Bu vaziyatda uchrashuvning to'rtinchi hakami hech nimani nazorat qila olmadi va yakunda unga “0” baho qo'yildi.

Rahimov maydonni tark etgach, Yo'ldoshev maydonga tushirildi, bu safar Otaqo'ziev o'rniga. Qolgan daqiqalar hech nimani hal qilmasdi. 89-daqiqada belgilangan jarima zarbasini Ro'zimboy Ahmedov amalga oshirdi, Nikita seyv qilib jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. O'z maydonida to'p tepgan “Andijon”ning bahs davomidagi yagona aniq zarbasi shu edi.

18-tur

Andijon – Qo'qon-1912  – 0:2 (0:2)

Hakamlar: R. Irmatov (Toshkent) – 9,0, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, D. Saidov (Toshkent) – 9,0, J. Akmalov (Toshkent) - 0

Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).

O'zPFL vakili: F. Magametov.

Gollar: Doston Tursunov 18, Otabek Zokirov 22.

"Andijon": Akmal Tursunboev, Ibrohim Otaxonov (s), Elman Tagaev, Denis Ilesku, Farhod Bekmurodov, Javlon Guseynov, Ro'zimboy Ahmedov, Obid Jo'raboev, Dilshod Jo'raev (Azamat Isroilov, 42), Andrey Bugnyak (Anvar Berdiev, 46), Pavel Smolyachenko (Azamat Bobojonov, 75).

"Qo'qon-1912": Nikita Ribkin, Otabek Zokirov (Aziz To'xtaboev, 82), Nosir Otaqo'ziev (Nodir Yo'ldoshev, 87), Doston Tursunov, Oybek Rustamov (Javohir Sidiqov, 67), Iqbol Malikjonov, Darko Gojkovich, Sobir Hamidov, Ibrohim Rahimov, Nikola Valentich, Suhrob Berdiev.

Ogohlantirishlar: P.Smolyachenko (63) – O.Rustamov (47), IRahimov (65), S.Hamidov (85), A.To'xtaboev (90+2).

CHetlatish: I.Rahimov (85)


“QO'QON-1912” ASOSIY RAQIBDAN 6 OCHKO OLDI

Birinchi davradagi natija bilan qo'shib hisoblasak, ikki o'yin natijasiga ko'ra “Qo'qon-1912” vodiy derbisida 6 ochko ishlab oldi. Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan bu ikki klub uchun o'zaro o'yinlardagi natijalar o'ta muhim sanaladi. Sababi, keyingi uchta turlar ancha qiyin. “Andijon” shundan ikkitasini safarda, “Neftchi” va “So'g'diyona” jamoalariga qarshi o'tkazadi. O'z maydonida esa kuchli uchlikni maqsad qilayotgan “Buxoro”ni qabul qiladi. “Qo'qon-1912”ning ham raqiblari chakki emas. No'mon Hasanov bir emas, uchinchi o'rin uchun kurashayotgan uchta klub, “Buxoro”, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari bilan hisob kitob qiladi.

Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика