So’nggi yangiliklar

21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  1 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  4 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2

3x1 tafsilotlari. "Pojar" zarur bo'layotgan Pro liga, "Xorazm"dagi dahshatli yo'qotishlar, dunyoni ikkiga ajratgan "El Klasiko" va "Oltin to'p" topshirish marosimi haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

3x1 tafsilotlari. "Pojar" zarur bo'layotgan Pro liga, "Xorazm"dagi dahshatli yo'qotishlar, dunyoni ikkiga ajratgan "El Klasiko" va "Oltin to'p" topshirish marosimi haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Psixologlar haq, oxirgi kunlarda nima haqida ko'proq o'ylayotgan bo'lsangiz, tushda ham, o'ngda shunga yaqinroq voqeliklar sizni qarshi oladi.

Sarlavhadagi 3x1 — bu uchtasi birda degani. Masalan, siz shunaqa printerlar borligi haqida kerak bo'lsa mendan yaxshiroq bilasiz, to'g'rimi? 3x1 ni ko'rib xayolingizga birinchi bo'lib nima keldi, buni hozir men bilmayman, aytib o'tganimdek, hozir 3 ta voqeani bitta maqolaning o'zida yozmoqchiman.

Birinchisida gap o'zimizning Pro liga haqida ketadi. Kecha Yaypandagi o'yinni stadionning o'zidan ko'rib keldim. Aytish mumkinki, bu chempionatda 2-o'rin uchun kurash borasida "yong'in" chiqibdi. 1-o'rin allaqachonlar "Andijon"niki ekan. Qolganlar taqdirga tan berib bo'lishgan, nazariy jihatdan matematik hisob-kitoblar hali-hamon imkoniyat borligini ko'rsatayotgan bo'lsa ham, ammo amalda imkoniyat juda kam ekanini barcha birdek tushunib turibdi. SHuning uchun ham boshqa klublar 2-o'rin uchun kurashga zo'r berishgan. "Yong'in" asosan "Turon" va "Buxoro" o'rtasida chiqibdi. Boksda bor-ku, bilasiz, kurashga chanqoq ikki tomon jang boshlanishi tugul hatto vazn o'lchash marosimidayoq raqibga tashlanib qolishadi. Bu jamoalarda hozirgi kayfiyat ham taxminan shunday. Aslida bejiz Pro liga ramzida bo'ri tasviri keltirilmagan ekan. "Turon" va "Buxoro" vakillari o'xshatish uchun xafa bo'lishmasin-u, ayni vaqtda bu ikki klub bir-birini och bo'ridek g'ajib tashlashga shay turibdi. Bizni quvontirayotgan jihati, Superligamizdan tashqari Pro liganing 2-o'rni uchun bo'layotgan kurash ham shu qadar yuqori intrigani taqdim eta olyapti. Bir vaqtlar Birinchi ligada 1-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa Oliy ligada qatnashishdan voz kechgan davrlarni ham ko'rganmiz. 



Maqola sarlavhasida ko'rdingiz, Urganchning "Xorazm" klubi haqida ham aytadiganlarimiz bor. Jamoa hech kimga sezdirmagan holda kishi bilmas harakat bilan Superligaga o'tishi o'yini (pley-off)da qatnashish huquqini beruvchi 3-o'rin uchun intilyapti. "Turon" va "Buxoro" 2-o'rinni talashib turgan vaqtda, Urganch klubi etibordan chetda qolayotgan 3-pog'onani o'ziniki qilib olmoqchidek ko'rinmoqda. SHu o'rinda ammo, lekin va biroq degan sinonim so'zlarni ishlatishga majburman. So'ngi kunlarda quloqqa chalinayotgan "uzunquloq mish-mish"larga qaraganda, "Xorazm"ning bir nechta futbolchilari "Universiada-2022" musobaqasiga jalb etilishi mumkin ekan. Masalan, jamoaning 10 nafar futbolchisi ushbu musobaqaga ketib qolsa, bu albatta, klub uchun yaqqol seziladigan darajadagi dahshatli yo'qotish bo'ladi, to'g'rimi? Hartugul oxirgi kunlarda o'zgacha o'ynab yuborayotgan legioner futbolchi Roki Marchiano "Universiada-2022"ga bormaydi. Takidlash joiz, shu yigitning yonida yaxshi bir ijrochi bo'lsa, o'yin taqdirini bir o'zi hal qilib yuboradigan salohiyati bor ekan.



3x1 ning ikkinchisi 90 daqiqa davomida dunyoni ikkiga ajratib yuboradigan "El Klasiko" haqida. O'yin oldidan yozgan maqolamda "Real Madrid” safida yashirin qurol Federiko Valverde bo'lishi mumkinligi haqida yozgandim. Bir maqtanib qo'yay, haqiqatdan ham u klasikoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Hozir kimdir Toni Kross yaxshiroq o'ynadi, deyishi ham mumkin, ammo shu kungi Valverde mutlaqo boshqa daraja edi. Butun o'yin davomida hujumda, himoyada, kerak bo'lsa o'rta chiziqda ham aynan urugvaylik futbolchi hoziru-nozir bo'ldi. Valverdening tezligi yaxshi, ammo juda yuqori darajada emas. Bu yigitga to'p tushib qolsa, masalan, himoyada, Xayrulla Hamidov tabiri bilan aytsak, maydonda o'z-o'ziga yo'lak ochib olar ekan-da, o'sha chiziq bo'yicha yugurib ketaverarkan. Agar qo'pollik ishlatilmasa, undan to'pni olib qo'yish amrimaxol ekani so'ngi o'yinlarda ko'rinib qolyapti. Ha, so'ngi "El Klasiko"ning yakuniy natijasida Valverdening hissasi katta bo'ldi. Kimningdir xayolida Messi va Ronaldusiz klasikolarda avvalgi kabi daraja bo'lmaydi, degan o'y ham o'tgandir, ammo bu qarama-qarshilikdagi intriga tarixan shakllanib bo'lganligi va shaxslarga bog'liq emasligini siz ham sezib ulgurdingiz.



Maqolaning uchinchi qismida tunda bo'lib o'tgan "Oltin to'p-2022" marosimi haqida gaplashamiz. Yaypandagi o'yindan qaytib kelganimda kuchli charchoqni his qilayotgandim.

Ammo bunday marosimni o'tkazib yuborish mumkin emasdi, chunki "Oltin to'p" har kuni ham topshirilavermaydi. Menga alohida ajratib ko'ringan jihat, marosimga Karim Benzemaning maxsus ko'zoynakda kelgani bo'ldi. Avvalgilarida hech bir futbolchini bunday qiyofaga ko'rmagan ekanman. Yana bir jihat, "Oltin to'p" sohibi men ko'rgan davrlardagi marosimlarda hech qachon bu qadar aniq emasdi. Bu yilgi mavsumda ushbu sovrinni Benzema olishini hamma bilardi. Hatto futboldan oz-moz xabari bor kishiga, masalan, do'stlaridagi qiziqish tufayli choyxonada majburan shu katta o'yinlarni ko'radigan insonga ham shu savolni bersangiz, undagi javob ham aynan Karimga ishora qilinar edi. Benzema haqli edi va haqli ravishda oldi. "Oltin to'p"ni topshirish vaqtida minbarda turgan Karimni ko'rdingiz-a? Hayajondan o'zbeklar kabi qo'li ko'ksida edi baraka topgurni. Eng qizig'i, xuddi bizning to'ylardagi kabi gapirishdan oldin mikrofonni "bir, bir" deya chertib ko'rgani juda ajoyib chiqdi. Xullas, barchasi zavqli edi va shunga mos ravishda zavqlanib tomosha qildim. O'tkazib yuborgan bo'lsangiz, hozirgi zamonda imkoni bor, albatta internet orqali takroran ko'ring. Ishonavering, bu galgisi avvalgilaridan boshqacha bo'ldi.

P.S. So'ngi vaqtlarda menga bir "kasallik" yopishib olibdi. Biron maqola xayolimga kelib qolsa, aylanaveradi, aylanaveradi, yozmagunimcha tinch qo'ymaydi. Bilasizmi, hatto sarlavhalarini ham men tuzmayman, o'zi keladi. Men faqat yozib qutulaman, aks holda, na uxlashga yoki biron boshqa yumush bilan shug'ullanishga imkon beradi. Yuqorida siz mutolaa qilgan maqola ham aynan shu kabi vaziyatda yozilgan ijod mahsuli.

Bekzod Tolibov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика