38 yoshli Mirante "Milan" bilan shartnoma imzoladi
14 okt 2021 11:08
Yangiliklar
38 yoshli Mirante "Milan" bilan shartnoma imzoladi
Darvozabon Antonio Mirante "Milan" bilan shartnoma imzoladi.
Bitim joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan, bu haqda "rossonerilar" sayti xabar bermoqda.
Mirante yozda "Roma"dan ketgan edi, bunga sabab Rim klubining "qariya" futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni xohlamagani sabab bo'lgan edi.
38 yoshli darvozabon o'shandan beri erkin agent maqomida edi. Oldinroq "Milan" jamoaning asosiy darvozaboni Mayk Menyanning 10 haftaga safdan chiqqanini elon qilgan edi.
Fikrlar