So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Наполи" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  2 01:34Элдор Шомуродов: "Иккинчи марта яхши ўйин кўрсатган учрашувда ютқаздик"  2 01:25Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" — "Бешиктош" 2:3  0 00:55Эден Азар: "Ла Лига АПЛдан кўра техникага бой. "Реал"да ўйинни бошқариш мумкин, аммо Премьер-лигада тўлиқ 90 дақиқа ишлаш керак"  0 00:55Нури Шаҳин: "1 очкога лойиқ эдик"  2 00:02Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" ва "Бешиктош" ўртасидаги Истанбул дербиси тақдирини 90+6 дақиқада киритилган гол ҳал қилди  47 23:45Санжар Шоаҳмедов: "Фаолиятимни тугатмагандим. Шунчаки бироз дам олдим"  1 23:28Рўзиқул Бердиев: "Шаржа" техник ва тактик жиҳатдан яхши футбол ўйнайдиган жамоа"  2 23:28Англия кубоги. Сенсация қайд этилмади, "Арсенал" учинчи дивизион жамоасини тор-мор келтирди  4 22:42Альваро Мората Испанияга қайтиши мумкин  1 22:10Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди  79 21:49"Шаржа" бош мураббийи: "Мен ҳалолман, демак, ҳамма ҳалол бўлиши керак. Ҳаёт шундай эканлигига ишонаман"  1 21:01"Пахтакор" Россия жамоасига мағлуб бўлди  13 20:40"Насаф" U21 Қашқадарё вилояти ҳокими кубогини қўлга киритди  0 20:00“Нефтчи” икки футболчисини “Қўқон-1912”га ижарага берди  11

38 yoshda faoliyatini yakunlagan Anvar G'ofurov haqida Yangiliklar

38 yoshda faoliyatini yakunlagan Anvar G'ofurov haqida

Bugun "championat.asia" Toshkentning "Bunyodkor" klubi himoyachisi Anvar G'ofurov butsalarini mixga ilgani to'g'risida xabar qildi. SHu futbolchiga qisqacha to'xtalishga qaror qildik.

Anvar G'ofurov 1982 yilda Samarqandda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2000 yil Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasida boshlagan o'yinchi shu kunga qadar "Dinamo", "Paxtakor", "Navbahor", "Mashal", "Bunyodkor" va "Obod" jamoalarida to'p tepgan. 2009 yilda "qaldirg'ochlar" azosiga aylangan himoyachi 2016 yilgacha mazkur jamoa sharafini munosib himoya qildi. Orada malum vaqt ijara asosida "Obod"da harakat qildi va 2017 yilning ikkinchi davrasida qadrdon jamoasiga qaytdi.

G'ofurov 20 yillik faoliyati davomida muxlislar qalbidan o'rin egallay oldi. Futbol ichidagi kishilar OAV nishoniga kamdan kam hollarda tushib qoladigan himoyachini maydonda o'z vazifasini sidqidildan bajaradigan, kamtar inson sifatida tariflaydi.


Toshkentning "Bunyodkor" klubi sobiq bosh direktori Ulug'bek Mirzaev shunday fikrda: "Anvarjon nafaqat yaxshi futbolchi, zo'r inson ham. Biz anchadan beri tanishmiz. Kamtarligi, soddaligi tufayli hayotda bir necha bor aldangan bo'lsa-da, odamiylikni o'z o'rniga qo'yishdan charchamaydi. Unga ajoyib faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Oxirgi yillarda deyarli murabbiylardek fikrlar, raqibning o'yinini tahlil qila olar edi. O'ylaymizki, o'zbek futboli tez orada yana bir murabbiy bilan boyiydi..."

Bundan tashqari, G'ofurov shaxsiyati haqida gap ketar ekan, sadoqat va fidokorlik sifatlarini ishlatmaslik mumkin emas. U faoliyatining oxirgi 11 yilini "Bunyodkor"ga bag'ishladi, jamoani eng qiyin kunlarda ham yolg'izlatib qo'ymadi. Bizdagi malumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" va "Al Vahda", Eronning "Persepolis", Tailandning "Muangtong Yunayted" klublaridan ajoyib takliflar olgan universal himoyachi "qaldirg'ochlar"ni tashlab ketishni lozim topmagan. Futbol soat sayin biznesga aylanib borayotgan paytda sadoqatning kuni bitib boryapti. O'zbek futbolida-ku anqoning urug'i! SHunday ekan, yuqorida keltirilgan xorij jamoalarining nomi ham G'ofurov uchun o'rnimizdan turib, qarsak chalishimizga etadi.

Buffon yoki Zlatanni maydonda ko'rib, hayratlanasiz. Malumot uchun, Anvar G'ofur tez orada 39 yoshga qadam qo'yadi. Yurtimizdan chiqqan aksar o'yinchilar 30 ga kirar-kirmas "o'chib" qolayotganini inobatga olsak, bu ham havas qilarli ko'rsatkichdir.

SHu o'rinda saytimiz xodimlari va kuzatuvchilari nomidan Anvar G'ofurovga o'zbek futbolidagi 20 yillik faoliyati, terma jamoadagi o'yinlari va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Tepada "Bunyodkor"ning og'ir kunlarida ham jamoa bilan birga bo'lgani haqida yozdik. "Oltin to'p"ning 2003 yilgi g'olibi Pavel Nedvedning shunday fikri bor: "Klub inqirozga uchrasa, futbolchilar va yulduzlar jamoani tashlab ketadi. Faqat odamlar qoladi!"

Umid qilamizki, Anvar G'ofurov tez orada murabbiylik faoliyatini boshlab, futbolimizni o'zidan-da kuchliroq o'yinchilar bilan boyitadi. Halol murabbiy va hakamlari bor o'zbek futboliga faqat odamlar etishmayotgandek...

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика