So’nggi yangiliklar

17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  17 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  29 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  21 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  1 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  30 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1

30-tur oldidan. "Navbahor" uydagi mag'lubiyatsiz seriyani chiroyli yakunlab qo'yish harakatida Yangiliklar

30-tur oldidan. "Navbahor" uydagi mag'lubiyatsiz seriyani chiroyli yakunlab qo'yish harakatida

Teglar :  NavbahorOliy liga
Ertaga oliy liganing 30-tur bahslari bo'lib o'tadi va shu bilan navbatdagi chempionatga ham yakun yasaladi.


So'nggi turni "Navbahor" o'z maydonida o'tkazadi. Ayni paytda beshinchi o'rinda borayotgan jamoa mavsumni shu pog'onada tugatib qo'yishni maqsad qilgan. Buning uchun jamoadan mag'lubiyatga uchramaslik talab etiladi. 

SHuningdek, bu o'yinda "Navbahor" o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyani ajoyib tarzda yakunlab qo'yishni niyat qilmoqda. Malumki, bu yilgi chempionatda uydagi bellashuvlarda shu paytgacha yutqazmagan faqat "Navbahor" bo'lib turibdi. 


"Navbahor" oliy liga klublari orasida o'z maydonida yutqazmagan yagona klub


Namanganliklar uyda 14ta o'yin o'tkazib, shundan 9tasida g'alaba qozonib, besh marta durang o'ynashgan. To'plar nisbati 23-11. Jamoa uydagi o'yinlarda 32 ochko jamg'argan. Agar "Navbahor" ushbu ko'rsatkichni oxirgi turda ham qayd etsa, bundan jamoa muxlislari xursand bo'lsa arziydi. Negaki kuchli deya tan olinadigan "Lokomotiv", "Nasaf" va "Bunyodkor" klublari uyda bir martadan mag'lubiyat alamini totib ko'rishgan.

SHuningdek, to'rtta jamoa o'z maydonida ikki bor mag'lub bo'lgan. Bular - "Paxtakor", "Mashal", "Olmaliq" va "Qizilqum". Ertaga "Nasaf"ning legionerlarsiz maydonga tushishi kutilmoqda. CHunki Ro'ziqul Berdiev oxirgi o'yinda asosan yoshlarni sinab ko'rishni maqsad qilgan. SHunday bo'lsa-da, "Nasaf"ning jiddiy qarshilik ko'rsatishi kutilmoqda.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика