30 klub Superliga bilan shartnoma imzolashga yaqin va yana 20 jamoa loyihaga katta qiziqish bilan qaramoqda
23 jan 18:05
Yangiliklar
30 klub Superliga bilan shartnoma imzolashga yaqin va yana 20 jamoa loyihaga katta qiziqish bilan qaramoqda
Superliga Bosh kotibi Anas Lagrari musobaqani ertagayoq boshlash imkoni borligini malum qildi.
"As"ning "Ouest France"ga tayanib bergan xabariga ko'ra, musobaqani 2025 yilning sentyabr oyida Evropaning eng yaxshi klublari, jumladan, ingliz klublari bilan boshlash rejalashtirilmoqda. Takidlanishicha, bazi klublar loyia bilan shartnoma imzolashgan, ammo chiqishlarida o'zlarini hozircha unga qarshidek tutishmoqda.
Bundan tashqari, Lagrari yana 20 nafar klub loyihaga juda qiziqish bilan qarayotgani va deyarli 30 klub shartnoma imzolashga yaqin turganini malum qildi. Tabiiyki, hozircha hech bir klub nomi oshkor qilinmayapti.
Fikrlar