So’nggi yangiliklar

12:09Муҳаммадали Ўринбоев: "Европага яна йўл олиш? Яхши янгиликлар бўлиб қолади"  0 11:48Иброҳим Ибрагимов: "Хорижлик мураббийнинг кўрсатмаларини тўлиқ англамагандирмиз"  2 11:23"Интер"ни икки ҳужумчи тарк этиши мумкин  0 09:53Германиянинг 6 карра чемпиони 7 йиллик танаффусдан сўнг Бундеслигага қайтди  4 09:25“Барселона“ “Эл Класико“ олдидан икки футболчисини қайта тиклаганини эълон қилди  14 09:24Суперлига. Бугун 9-тур якунланади  1 08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  5 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  8 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  19 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  14

30 dekabrda “dedlayn”, Osiyo chempionatiga kimlar borishi mumkin? Yangiliklar

30 dekabrda “dedlayn”, Osiyo chempionatiga kimlar borishi mumkin?

Ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo Kubogiga O'zbekiston milliy terma jamoasini tayyorlayotgan Mirjalol Qosimov 30 dekabr kuni 23 futbolchidan iborat yakuniy ro'yxatini OFKga yuborishi kerak.

Murabbiy keyinchalik faqatgina jarohat olgan futbolchisi o'zgartirish huquqiga ega. U bu huquqidan Osiyo Kubogidagi birinchi o'yiniga 6 soat vaqt qolguniga qadar foydalanishi mumkin. Yodingizda bo'lsa, Osiyo chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida yakuniy tarkibda bitta o'zgarish bo'lgandi. O'shanda Yaroslav Krushelnickiy o'rniga Ulug'bek Baqoev musobaqada qatnashgan edi. 

Ayni paytda to'rt nafar futbolchimiz  - Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Vitaliy Denisov va Aziz Haydarov hali terma jamoa safiga qo'shilishmagan. Ular qatoridan Bahodir Nasimov ham joy olishi mumkin. Hozircha 30 nafar futbolchi Osiyo Kubogiga borish uchun hozirlik ko'ryapti. Ammo ulardan 7 nafari “kemadan tushib qoladi”. Faqatgina darvozabonlar, Ignatiy Nesterov, Eldor Suyunov va Akbar To'raev agar jarohat olib qolishmasa, musobaqaga borishlari aniqroq. 

Keling, endi amplua bo'yicha tahlil qilsak. Yakshanba kuni OFKning rasmiy saytida Incheonda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida hakamga nisbatan qo'pol so'z aytgani uchun 4ta rasmiy uchrashuvga chetlatilgani haqidagi axborot chiqdi. Undan tashqari O'FF 10 000 AQSH dollari miqdoridagi jarimani ham to'lashi kerak. Islom terma jamoamizning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. To'rtta rasmiy uchrashuv deyilganda, FIFA kunlaridagi o'rtoqlik o'yinlarini ham nazarda tutish mumkin. Bu degani “Lokomotiv” futbolchisi, dekabr oyida bo'lib o'tadigan o'yinlarda ishtirok eta olmaydi, bu esa musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoa uchun muammo bo'lishi mumkin. To'xtaxo'jaevdan tashqari markaziy himoyada Egor Krimec, Bobur Yo'ldoshev, Anzur Ismoilov va SHavkat Mullajonov harakat qiladilar. To'xtaxo'jaev bilan bo'lib o'tgan vaziyatdan keyin bosh murabbiyimiz Artyom Filiposyanni ham yig'inga chaqirdi. CHap qanotda Vitaliy Denisov va Aleksandr Merzlyakov. Vitya shubhasiz asosiy tarkib o'yinchisi, ammo bitta poziciya uchun murabbiy u bilan cheklanib, tavakkal qilmaydi. Bu qanot uchun Farrux Sayfiev va Aleksandr Merzlyakov raqobatlashishadi. Katta ehtimol bilan unda “Paxtakor” azosiga omad kulib boqishi mumkin. O'ng qanotda ham xuddi shunday vaziyat: SHorahmedov hamda Muhammadiev. Ularning ikkisi ham Osiyo Kubogida ishtirok etishga yaqinlar. 

Eng katta raqobat tayanch yarim himoyasidan o'rin olgan. Bu nuqtada, bir yo'la 5 nafar futbolchilar – Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Timur Kapadze, Javlon Ibrohimov va Lutfullo To'raev. Odil Ahmedov markaziy himoyadan tortib, hujum ortidagi nuqtagacha bemalol harakat qila oladi. SHuning uchun unga maydonning juda ko'p nuqtasidan joy topiladi. Kapadzeni esa BAA va Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazgan o'yinlaridan kelib chiqib, xuddiki ikkinchi yoshligini o'tkazyapti degan xulosaga kelish mumkin. Bu chiziqda Javlon Ibrohimov va Lutfullo To'raevning imkoniyatlari biroz pastroq. Bu shunchaki nazariya, Osiyo chempionatiga o'sha kun uchun eng ko'p tayyorgarlikka ega bo'lgan futbolchilar borishini inobatga olsak, unda hammaning imkoniyati teng. CHap va o'ng qanotda Jasur Hasanov va Sanjar Tursunov bor. Ularning o'rnini istagan paytda Sardor Rashidov egallashi mumkin, xoh o'ng, xoh chapda bo'lsin. Yana yakuniy ro'yxatdan o'rin olishga yaqin turganlardan SHuhrat Muhammadiev o'ng qanot yarim himoyasida ham to'p tepa oladi. Salomov va Ibragimovga ancha paytdan beri MTJda o'ynamagani pand berishi mumkin. Yarim himoya markazida Server Jeparov va Jamshid Iskanderov Osiyo Kubogiga boradilar. To'g'ri, hujum chizig'ida muammo bor. Bu muammo bizni so'nggi 10 yillikda qamrab olgan va hamon dolzarbligini yo'qotmayotganini aytib o'tmasam ham o'zingizga malum. Ayni paytda yig'in o'tkazayotgan tarkibimizda 4 nafar futbolchi, Vohid SHodiev, Igor Sergeev, Kamoliddin Murzoev va Navro'z Alimov qatorini Bahodir Nasimov ham to'ldirishi mumkin. Osiyo chempionatiga katta ehtimol bilan to'rt nafar futbolchi boradi. Bu erda Mirjalol Qosimov ko'proq futbolchining universalligiga qaraydi. Masalan, Sergeev chap qanot yarim himoyasida ham to'p tepishi mumkin, Murzoev esa bazi hollarda o'ng qanotda ham to'p tepgan. SHuningdek, Murzoev “Bunyodkor”da hujum ortida chalg'ituvchi rolida yaxshi harakat qilgandi. Vohid SHodievning Qosimovga maqul keladigan xislati, qanotdan etkazib beriladigan to'plarni muvaffaqqiyatli tarzda raqib darvozasiga joylab qo'ya qolishida. Navro'z Alimovning ustun tomoni esa uzoqdan zarba bera olishi. Agar ikkinchi yig'inga Bahodir Nasimov ham qo'shiladigan bo'lsa, unda hujum chizig'idagi raqobat biroz oshadi. 

SHunday ekan, katta ehtimol bilan Osiyo Kubogiga quyidagi tarkib boradi:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov, Eldor Suyunov, Akbar To'raev.

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, SHavkat Mullajonov, Aleksandr Merzlyakov, Vitaliy Denisov, Akmal SHorahmedov, SHuhrat Muhammadiev. 

Yarim himoyachilar: Temur Kapadze, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Jamshid Iskanderov,Server Jeparov, Jasur Hasanov, Sanjar Tursunov, Sardor Rashidov.

Hujumchilar: Igor Sergeev, Kamoliddin Murzoev, Vohid SHodiev, Navro'z Alimov / Bahodir Nasimov (Agar Nasimov ikkinchi yig'inga chaqirilsa imkoniyati bo'ladi).

Albatta bu taxmin xolos. Ayni paytda yig'inda bo'lib turgan barcha futbolchilarni Osiyo Kubogiga borishga to'liq haqqilari bor va buning uchun ularning oldida muhim DEKABR oyi turibdi. Kim kuchli bo'lsa, marhamat, Osiyo chempionatiga!


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика