3 yillik tanaffusdan so'ng yana Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz
30 mar 2015 15:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/167361_original.jpg)
![](/upload/storage/167361_220.jpg)
3 yillik tanaffusdan so'ng yana Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz
O'zbekiston terma jamoasi ertaga Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Bugungi kunga qadar termamiz yaponlar bilan 9 marta to'qnash kelishgan. Hisobimizda bitta g'alaba mavjud. 3ta uchrashuv durang bilan tugagan. Qolgan 5ta o'yinda "samuraylar" g'alaba qozonishgan. To'plar nisbatida yaponlar ustun: 23:8.
So'nggi bor ushbu jamoalar 2012 yilning 29 fevral kuni JCH-2014 saralashi doirasida Nagoyada bahs olib borishgan. O'shanda marhum Aleksandr SHadrin tomonidan urilgan yagona gol O'zbekistonga tarixiy g'alabani keltirgandi.
Yaponiya mamlakatida o'tgan yana uchta uchrashuvda jamoamiz bir bor durang o'ynagan va ikki bor yutqazgan.
Bu jamoalar faqat bir bor o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgan. 1996 yil Tokioda o'tgan o'rtoqlik bahsida yaponlar 1:0 hisobida ustun kelishgan.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi 31 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:25da boshlanadi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar