25 yoshli futbolchi ko'kragiga to'pning qattiq tekkanidan vafot etdi

Mirjalol Normatov
25 mar 2018, 15:28
Xorvatiya uchinchi divizionida tragik hodisa ro'y berdi.

"Marsoniya" - "Slavoniya Pojega" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning 15-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Bruno Bobanning ko'kragiga qattiq to'p tegdi. U maydonga quladi. Birinchi yordamni klub shifokori berdi, undan keyin futbolchi tez yordam mashinasiga o'tkazildi.

45 daqiqa davomida unga tibbiy muolajalar berilgan bo'lsa-da, 25 yoshli futbolchining hayoti asrab qolinmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com