So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  5 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  9 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

23-tur prevyusi: "Paxtakor" - "Metallurg" Yangiliklar

23-tur prevyusi: "Paxtakor" - "Metallurg"

25 sentyabr kuni "Paxtakor" oliy liganing 23-turida "Metallurg"ni qabul qiladi.


Mavsum oxirlab borgani sari har bir o'yinning ahamiyati ortib bormoqda. Jamoamiz chempionlik uchun kurashyapti va g'alabalar biz uchun juda muhim. "Metallurg" esa mavsumni yaxshi boshlamagan bo'lsa-da, keyinchalik barqaror o'yini orqali 7-pog'onaga ko'tarilib oldi.

Jamoalar oliy ligada 35 bor to'qnash kelishgan. SHulardan 28tasida "Paxtakor" g'olib bo'lgan. 3 o'yinda "Metallurg" g'alabani tantana qilgan. 4 marta durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 95:26 ni tashkil qilmoqda.

Jamoamiz o'z uyida bu raqibni 15 marta mag'lub etgan. Toshkentda bo'lib o'tgan ikkita o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Metallurg” safarda “Paxtakor”ni mag'lub eta olmagan. Bekobodda birinchi davrada kechgan uchrashuvda Bahodir Pardaev ikki to'p kiritib, "sherlar"ning g'alabasini taminlagandi - 2:1.

Uchrashuvni Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi. Yoshlar tarkiblari bahsi 24 sentyabr, payshanba kuni Qibrayda soat 16:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini esa "Paxtakor" stadionida 25 sentyabr kuni soat 17:30da start oladi.


"PAXTAKOR" - "METALLURG"

Hakamlar: Olim Tolibjonov (Toshkent), Ruslan Serazetdinov (Toshkent), Sanjar SHoyusupov (Toshkent), Naim Qosimov (Qarshi).

Nazoratchi: SHamil Jumaev (SHahrisabz).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика