22 yoshli milliarder “Sanderlend” xo'jayiniga aylanishga yaqin. U ingliz futboli tarixiga kirishi mumkin
26 dek 2020 19:30
Yangiliklar


22 yoshli milliarder “Sanderlend” xo'jayiniga aylanishga yaqin. U ingliz futboli tarixiga kirishi mumkin
Kirill Lui-Dreyfus Angliya Liga 1'da qatnashayotgan “Sanderlend”ning yangi prezidentiga aylanishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Sky Sport.
Kirill “Marsel”ning sobiq rahbarlari Rober Lui-Dreyfus va Rossiyaning eng boy ayoli Margarita Lui-Dreyfusning farzandi hisoblanadi.
Hozirda tomonlar o'rtasidagi kelishuv Angliya Futbol Ligasi tomonidan tasdiqlanishi zarur. Agar bu amalga oshsa, 22 yoshli milliarder yanvar boshida “qora mushuklar”ning rahbari sifatida ish boshlaydi va ingliz futboli tarixidagi eng yosh prezidentga aylanadi.
Kirill “Sanderlend”ni Styuart Donalddan sotib oladi, u esa o'z navbatida 2018 yil may oyida Ellis SHortdan klub akciyalari ulushini xarid qilgan.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar