2027 yilgi YCHL finali Madrid shahrida bo'ladi

Administrator
19 mar 2025, 23:45
"Atletiko" stadioni bu o'yinga mezbonlik qiladi.

2027 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi finali Madriddagi "Metropolitano" stadionida o'tkaziladi. Bu haqda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma'lum qildi. "Atletiko" stadioni 70460 muxlisga mo'ljallangan.

Avvalroq, UEFA San-Sirodan 2027 yilgi finalni olib qo'ygandi. Bunga ehtimoliy ta'mirlar ishlari sabab bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca