So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

2024 yil Superliga klublari 23 nafar yoshi katta o'yinchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin Yangiliklar

2024 yil Superliga klublari 23 nafar yoshi katta o'yinchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin

Mamlakatimizda 2023 yilgi mavsum yakuniga etdi va futbol olami oldinda turgan 2024 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Rasman: Superliga ishtirokchilari soni 16 taga etkaziladi

SHu jumladan O'zPFL ham bo'lajak mavsum reglamentiga ayrim o'zgartirishlar kiritmoqda. Quyida ayrim o'zgarishlarni keltirib o'tamiz:

1. 2024 yilgi mavsumda Superliga klublari 2001 yil va undan katta bo'lgan 23 nafar futbolchini O'zPFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin bo'ladi.

Malumot uchun, ortda qolgan 2023 yilgi mavsumda Superliga klubi 2000 yil va undan katta bo'lgan 20 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olgan.

Klublar 2005 yil va undan kichik o'yinchilarni cheklovdan tashqari ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Bunda Superliga klubining umumiy futbolchilari soni 60 nafardan oshmasligi belgilangan.

O'zgarishlar orasida aynan mana shu band eng muhimi desak ham bo'ladi. Sababi, bu yilgi mavsum oxiriga kelib ham Superliga, ham OCHLda o'ynagan 4 klubimizning barchasida jarohatlar epidemiyasi yuzaga keldi. Yani, tig'iz taqvim sabab futbolchilar ketma-ket jarohatlarga yo'liqishdi. 23 va undan yoshi katta o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish limiti 3 nafarga oshirilishi murabbiylarga (ayniqsa xalqaro maydonda harakat qiladiganlar) qo'shimcha qulaylik tug'diradi. Bunda ularda rotaciya qilish imkoni oshadi va bu jarohatlar sonini kamaytirishi mumkin.


2. Superligada 14-o'rinni egallagan jamoa Pro ligaga tushirib yuboriladi.

3. Superligada 12-o'rinni egallagan jamoa o'z joyini saqlab qolish uchun Pro liganing to'rtinchi jamoasiga qarshi safar o'yinida hamda Superligada 13-o'rinni egallagan jamoa Pro liganing uchinchi jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi. Mazkur ikki bellashuv g'oliblari Superligada o'ynash imkonini qo'lga kiritishadi. Ikkita mag'lub jamoa esa Superliganing oxirgi yo'llanmasi uchun neytral maydonda o'zaro bahs olib borishadi.

4. Pro ligada dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar 2025 yilgi Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'l oladi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика