So’nggi yangiliklar

07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  0 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  2 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  157 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0

2021 yilgi Birinchi liga haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

2021 yilgi Birinchi liga haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar

Teglar :  Birinchi liga
O'quvchilarimiz etiboriga Birinchi liga haqidagi malumotlarni berishga qaror qildik.

Kuni kecha O'zbekiston Birinchi ligasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Bu yilgi musobaqada quyidagi 12ta klub ishtirok etadi:

"Zomin" (Zomin tumani, Jizzax) - Bosh murabbiy: Asqar Umarov
"Jomboy" (Jomboy tumani, Samarqand) - Bosh murabbiy: Olim Mamasoliev
"Bunyodkor-Farm" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Mirkamol Qosimov
"Lochin" (CHirchiq tumani, Toshkent viloyati) - Bosh murabbiy: Maqsud Irisboev
"Rubin" (Ohangaron tumani, Toshkent viloyati) - Bosh murabbiy: Yavar Najafaliev
"Jizzax-Bars" (SHarof Rashidov tumani, Jizzax) - Bosh murabbiy: Husan Jamolov
"CHig'atoy" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Dmitriy Kim
"G'ijduvon" (G'ijduvon tumani, Buxoro) - Bosh murabbiy: Vali Keldiev
"Paxtakor-79" (Uychi tumani, Namangan) -
"Neftgazmontaj" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Bobir Mahkamov
"Lokomotiv-BFK" (Toshkent shahri) - Bosh murabbiy: Ravshan Ahmedov
"Navbahor-Farm" (Namangan shahri) - Bosh murabbiy: Rashid G'ofurov.

Bu yilgi Birinchi ligada jamoalar uy-safar tizimida ikki davra o'yin o'tkazishadi. Mavsum yakunida birinchi o'rinni olgan klub to'g'ridan-to'g'ri Pro-ligaga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan klub esa Pro-ligada 9-pog'onani band etgan klub bilan o'tish o'yinida to'qnash keladi.


Dastlabki tur o'yinlari 10-11 aprel kunlari o'tkaziladi. Birinchi tur juftliklari bilan tanishing:

10 aprel
"Neftgazmontaj" - "Jizzax-Bars"
"Paxtakor-79" - "Zomin"
"Rubin" - "Jomboy"

11 aprel

"Navbahor-Farm" - "G'ijduvon"
"CHig'atoy" - "Lochin"
"Bunyodkor-Farm" - "Lokomotiv-BFK"


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика