So’nggi yangiliklar

20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:55Суперлига. "Динамо" – "Металлург" 0:1 (матнли трансляция)  6 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  5 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  6 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  14 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  12 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  3 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5

2020 yilgi futbol mavsumida "Nasaf"dan o'zgacha xet-trik Yangiliklar

2020 yilgi futbol mavsumida "Nasaf"dan o'zgacha xet-trik

Teglar :  Nasaf
O'zingizga malum, garchi oldinda bizni O'zbekiston kubogi musobaqasi kutib turgan bo'lsada 2020 yilgi futbol mavsumi o'z nihoyasiga etdi va bu mavsum "Nasaf" tarixidagi eng sermahsul yil bo'ldi deb bemalol aytish mumkin.

Bosh jamoa o'z tarixida uchinchi marotaba Superligada kumush medallarini (2011, 2017, 2020), yoshlar U-21 birinchiligida bronza medallarini, U-18 jamoasi esa ketma-ket uchinchi marotaba O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi (2018, 2019, 2020). Darhaqiqat bu o'rinlar klub jamoalari uchun begona emas. CHunki bosh jamoa kumush medallarini ilk marotaba 2011 yilda qo'lga kiritgan bo'lsa, yoshlar esa o'z birinchiligida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan edi. Ammo shuni unutmaslik kerakki 2011 yildagi va jamoaning hozirgi tarkibi o'rtasida er bilan osmoncha farq bor. «G'oliblar muhokama qilinmaydi» biz yuqoridagi fikrimiz bilan jamoa tarixini ikkiga bo'lishdan yiroqmiz, shunchaki o'sha paytda yo'lga qo'yilgan tizim bugun o'z natijasini ko'rsatayotganligini keltirib o'tmoqchimiz xolos. «Nasaf» ikki yillik tanaffusdan so'ng bugungi natijaga asosan o'z tarbiyalanuvchilari bilan erishdi. Bu klub, futbol maktabi uchun katta yutuq ekanligini qayd etib o'tishimiz joiz. Bu ham «Nasaf» futbol maktabiga OFK tomonida ikki yulduzli maqomi bejizga berilmaganining yaqqol isbotidir.

Yana bir qiziq jihat: Umidjon Ergashev, Umarbek Eshmurodov, SHarof Muhitdinov, Islom Kenjaboev, G'olib G'aybullaev, Dilshod Saitov, Dilshod Rahmatullaev, Bobir Abdixoliqov jamoa bilan ikkinchi marotaba kumush medallarini qo'lga kiritishdi.

Husayn Norchaev mavsum davomida bosh jamoa, U-21 hamda U-18 jamoalari tarkibida harakat qilib O'zbekiston chempioni, Superliga kumush medallarini va U-21 birinchiligida bronza medallarini qo'lga kiritgan ilk futbolchi bo'ldi.






Joriy mavsumda «Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan to'rt nafari bosh jamoa safida debyut qilgan. Bular Husayn Norchaev, SHohmalik Komilov, Murodbek Xo'jamberdiev va Abubakrrizo Turdialievlar bo'lishdi. Bundan tashqari oxirgi yillarda U-21 tarkibida harakat qilgan Muhriddin Zoirov ham bosh jamoa tarkibida debyut qildi. Husayn Norchaev raqiblar darvozasini uch bora aniq nishonga olgan bo'lsa, SHohmalik Komilov bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol etdi. Abubakrrizo Turdialiev ikki marotaba golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Jamoa Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida oltinchi marotaba sovrinli o'rinni qo'lga kiritdi:






2017, 2020 yilgi mavsumda chempionatning kumush medallari sohibi;

2013, 2014, 2015, 2016 yillarda chempionatning bronza medallari sohibi;

2015 yilda O'zbekiston kubogi;

2016 yilda O'zbekiston Superkubogi.

2020 yilda «Nasaf» futbol klubi natijalari:





Bosh jamoa. Kumush medallari sohibi





U-21. Bronza medallari sohibi



U-18. O'zbekiston CHempioni

2020 yildagi mavsumda "Nasaf" to'purarlari:

Bobir Abdixoliqov 17 gol
Marko Stanoevich 6 gol
Islom Kenjaboev 5 gol
Oybek bozorov 5 gol
SHarof Muhitdinov 5 gol
Husayn Norchaev 3 gol
Akmal Mozgovoy 2 gol
SHohmalik Komilov 1 gol
Dilshod Rahmatullaev 1 gol
Dilshod Saitov 1 gol



"Nasaf" matbuot xizmati

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика