So’nggi yangiliklar

17:38Беллингем кам ўйин амалиётига эга бўлаётгани учун жамоани тарк этмоқчи  1 17:11"Арсенал" ва "Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун рақобатлашади  0 16:44Big name, Big team, Big coach...  13 16:19"Футбол олами". "Футболчининг юзи ёрилганини кўрган ҳакам контакт йўқ деди"  0 16:10"Фабио футболчи ва мураббий сифатида катта тажрибага эга" – хорижлик мутахассислар муносабати  7 15:47"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусанов туфайли режасини ортга суради  4 15:25"Арсенал" Йилдиз трансферидан умидвор  0 15:03Каннаваро қандай мураббий?  11 14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  1 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  6 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  4 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  2 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  28 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:2 Yangiliklar

2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. "Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:2

2019 yilgi Superliga doirasidagi eng qiziqarli o'yinlarda urilgan gollarni taqdim etishda davom etamiz.

 Bir yil muqaddam mart oyining eng so'nggi kunida Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida poytaxt derbisi bo'lib o'tgandi. Unda Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" nominal mezbon bo'lgandi. Sababi "qaldirg'ochlar"ning uy stadioni chimi tayyor emas edi. 

Uchrashuvdagi hisob 17-daqiqada ochiladi. CHap qanotdan Marat Bikmaev oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilarga tegib yo'nalishini o'zgartirgan to'pni Dostonbek Hamdamov darvozaga yo'lladi - 0:1. O'zining sobiq klubini ranjitgan Hamdamov golini nishonlamadi va qo'lini yuqoriga ko'tarib "Bunyodkor" muxlislaridan uzr so'radi. 

Birinchi taymda "qaldirg'ochlar" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishadi. Burchakdan uzatilgan to'pni Mirjahon Mirahmadov boshi bilan darvozaga yo'llaydi - 1:1. 

Ikkinchi taym o'rtalarida chap qanotdan Jaloliddin Masharipov to'pni havodan uzatdi, hammadan baland sakragan Dragan CHeran boshi bilan gol uradi - 1:2. Bu vaziyatda Murodjon Zuhurov to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'yganini takidlash lozim. 

SHu tariqa, "Paxtakor" mavsumni ikkita g'alaba, "Bunyodkor" esa ikkita mag'lubiyat bilan boshlaydi.


"BUNYODKOR" - "PAXTAKOR" - 1:2 (1:1)
31.03.2019. 2-tur. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18770 tomoshabin.
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, SH.Nasibullaev.
Nazoratchi: R.Aytekov.
Gollar:
0:1 - Hamdamov Dostonbek (Bikmaev Marat), 17
1:1 - Mirahmadov Mirjahon (To'xtasinov Nurillo), 35
1:2 - CHeran Dragan (Masharipov Jaloliddin), 63
"BUNYODKOR": Zuhurov Murodjon; Qobilov Islom; G'ofurov Anvar; Ahmadaliev Dilshod; Jaloliddinov Jasur (Azimov Sardorbek, 78); G'iyosov Xurshid; Qahramonov Javohir (Rihsibaev Sanjar, 62); Qodirqulov Sanjar; Mirahmadov Mirjahon; To'xtasinov Nurillo; Abdullaev Abdulla (Izzatov Suhrob, 43).
"PAXTAKOR": Quvvatov Sanjar; Alijanov Hojiakbar; Abdullaev Sadriddin (Sobirxo'jaev Sardorbek, 46); Masharipov Jaloliddin; CHeran Dragan; Krimec Egor; Hamdamov Dostonbek (Yaxshiboev Jasurbek, 84); Hamrobekov Odiljon; Sayfiev Farruh; Kozak Vladimir; Bikmaev Marat (Sidiqov Javohir, 60).
Ogohlantirishlar: Qodirqulov Sanjar, 4; Krimec Egor, 82.




Video sportstat.uz saytidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика