So’nggi yangiliklar

19:53Суперлига. "Динамо" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  21 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  1 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  5 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  11 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  7

2016 yilgi o'yinni yodga olib. Temurxo'ja Abduxoliqov: "Safarda "Al Nasr"ni yutishimiz mumkin edi" Yangiliklar

2016 yilgi o'yinni yodga olib. Temurxo'ja Abduxoliqov: "Safarda "Al Nasr"ni yutishimiz mumkin edi"

Bundan to'rt yil oldin shu kuni "Lokomotiv" Dubayda "Al Nasr" mehmoni bo'lib 1:1 natijasini qayd etgandi.

OCHL guruh bosqichidan o'rin olgan mazkur bellashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov gol muallifi bo'lgandi. "Loko" hujumchisi o'sha o'yinni yodga oldi: 

- "Bu biz uchun safardagi muhim bahs bo'lgandi. CHunki jamoamiz guruhdan chiqishga harakat qilayotgandi. Adashmasam, 5-tur uchrashuvi edi. Bu o'yingacha "Al Ittihod" bilan ikki bor durang qayd etib, "Sepaxon"ni har ikki bellashuvda mag'lub etgandik. SHundan so'ng "Al Nasr" bilan kuch sinashish uchun Dubayga yo'l olgandik". 

- "BAAga 8 ochko bilan guruh peshqadami sifatida borganmiz. Agar g'alaba qozonganimizda guruhdan chiqishni to'liq hal qilardik. Esimda birinchi bo'lib raqib jamoa futbolchisi hisobni ochgandi. Keyin birinchi taym oxirlarida biz gol urganmiz. Server Jeparov burchak to'pini amalga oshirganidan so'ng to'p Timur akaning boshiga tegib menga kelib tushgan, men esa vaziyatdan foydalangandim. Gol juda tez bo'lgandi". 

- "Ikkinchi taymda ko'p vaziyatlarni yuzaga keltirib, lekin boshqa gol ura olmagandik. Vaholanki safarda "Al Nasr"ni yutishimiz mumkin edi. Yakunda durang qayd etilib guruhdan chiqishni har ikki jamoa deyarli uddalagandi. Toshkentda bo'ladigan javob bahsida yutqazmasak bo'ldi edi. Javob o'yini esa 0:0 hisobida yakun topgan".



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика