2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi 2 fevralda start oladi
05 dek 2013 17:59
Yangiliklar


2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi 2 fevralda start oladi
2014 yilning 2 fevral kuni Osiyo CHempionlar ligasi 1-saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. SHu kuni musobaqaning G'arbiy mintaqasida Al-Suvayq (Ummon) – Al-Qodisiya (Kuvayt), SHabob al-Urdun (Iordaniya) – Al-Hidd (Bahrayn) va Al-Kuvayt (Kuvayt) – Ash-SHorta (Iroq) uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
8 fevral kuni 2-saralash bosqichi bahslari bo'lib o'tadi. O'zbekistonning OCHL-2014 saralash bosqichida ishtirok etadigan vakillari – 2013 yilgi O'zbekiston vice-chempioni, Toshkentning Lokomotiv va Oliy Liga-2013da uchinchi o'rinni egallagan Qarshining Nasaf jamoasi aynan 2-bosqichda musobaqalarga kirishadi.
2-saralash bosqichida Al-Suvayq - Al-Qodisiya uchrashuvi g'olibi safarda BAAning Baniyas jamoasiga qarshi, SHabob al-Urdun – Al-Hidd uchrashuvi g'olibi safarda Qatar jamoasiga qarshi, Al-Kuvayt – Ash-SHorta uchrashuvi g'olibi safarda O'zbekiston vakiliga qarshi to'p suradi. 2-bosqichning yana bir uchrashuvida O'zbekiston ikkinchi vakili safarda Qatarning ikkinchi vakiliga qarshi to'p suradi.
3-saralash bosqichi bahslari 15 fevral kuni bo'lib o'tadi. Unda Baniyas – Al-Suvayq/Al-Qodisiya uchrashuvi g'olibi o'z maydonida Qatar – O'zbekiston klublari o'rtasidagi o'yin g'olibiga qarshi, Qatar klubi – SHabob al-Urdun/Al-Hidd juftligi g'olibi o'z maydonida O'zbekiston klubi – Al-Kuvayt/Ash-SHorta juftligi g'olibiga qarshi to'p suradi. Ushbu ikki o'yin natijasiga ko'ra, OCHL guruh bosqichining ikki ishtirokchisi nomi malum bo'ladi.
Saralash bosqichidagi uchrashuvlar g'olibi bitta o'yin natijasiga ko'ra aniqlanadi. Qatar va O'zbekiston klublari kimlarga raqib bo'lishi 10 dekabr kuni Kuala-Lumpurda o'tkaziladigan quradan so'ng malum bo'ladi. SHuningdek, qurada 2013 yilgi O'zbekiston chempioni va Kubogi sohibi Bunyodkorning OCHL guruh bosqichidagi raqiblari nomi ham aniqlanadi.

Fikrlar