So’nggi yangiliklar

12:20Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчисига "Ньюкасл", "Рапид" ва "Страсбур" қизиқмоқда!  3 11:58Рюдигер 4-12 та ўйинга дисквалификация қилиниши мумкин  14 11:30"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер ойнасидаги мақсади маълум  1 10:52Анчелотти ўз антирекордини янгилади  11 10:43"Қўқон-1912" 27 йилдан сўнг бундай натижани қайд этди   1 10:23Кечаги учрашув якунидан сўнг «Реал»нинг яна икки футболчиси қизил карточка олди  26 10:08Иван Бошкович: «Жуда муҳим уч очкони қўлга киритдик»  1 09:52Анчелотти кечаги аламли мағлубиятдан сўнг нималар деди?  8 09:44Флик "Реал" устидан қўлга киритилган ғалабадан сўнг нима деди?   14 09:16Суперлига. Бугун "Пахтакор" - "Шўртан" ва яна 2 та ўйин бор   6 08:20Суперлига. "Қўқон-1912" ва "Сўғдиёна" биттадан гол уриб ғалабага эришди, "Машъал" — "Сурхон" учрашувида эса мухлислар гол кўришмади  0 07:55Испания Кубоги финал. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  9 04:25Александр Хомяков: "Аламли мағлубиятни қабул қилиб олдик"  14 04:06Февзи Давлетов: "12 та бурчак зарбаси ижро этди, 20 га яқин зарбалар бердик, аммо вазиятдан фойдаланиш борасида оқсадик"  1 03:45"Барселона" финалдаги супер ўйинда "Реал"ни камбэк эвазига мағлуб қилди!  349

2013 yilgi Oliy liga to'purari Oleksandr Pishur haqida Yangiliklar

2013 yilgi Oliy liga to'purari Oleksandr Pishur haqida

2013 yil Oliy Ligada 19ta gol bilan mavsumning eng yaxshi to'purari bo'lgan ukrainalik Oleksandr Pishurni yaxshi esalasangiz kerak.

CHempionatimizda porlagan va ko'pchilik klublarning himoyachilari uchun noqulay hujumchi bo'lgan Pishurning yurtimizdagi so'ngi yillaridagi faoliyati u qadar yorqin chiqmadi. “Bunyodkor”dan so'ng 2016 yil Rashid G'ofurov boshchiligidagi “Navbahor” uni chorlagandi. Lekin, ikkinchi davrada murabbiylarning o'zgarishi natijasida u ham ketdi “Lochinlar” tarkibida 14 bahsda 5ta gol natijasini qayd etdi. Keyingi yili “SHo'rtan” bosh murabbiyiga aylangan Aleksandr Volkov sobiq shogirdini jamoasiga taklif qildi. Lekin, oradan beshta tur o'tgach murabbiy ham, futbolchi ham g'uzorliklar bilan xayrlashishga qaror qilishdi. Aytish mumkinki, forvard faqatgina “Bunyodkor” tarkibida o'zini ko'rsata oldi va sermahsullik qayd etdi. Poytaxtdagi faoliyati mobaynida jami 44ta uchrashuvda qatnashdi va 30ga yaqin gollarga mualliflik qildi. Uning ayniqsa 2013 yil O'zbekiston kubogi finalida “Nasaf” darvozasiga oxirgi daqiqalarda urgan goli “qaldirg'ochlar”ga to'rtinchi kubokni taqdim qildi. Mana hali hamon olti yildirki, ular mamlakat kubogida zafar qucha olishmayapti. 2014, 2015, 2017 yillarda esa finalda imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu haqda futbolchining o'zi shunday degandi.

“Zavq va ishtiyoq bilan aytamanki, “Bunyodkor” bilan ko'plab sovrinlarni yutdim. Jamoa va ahil murabbiylar shtabi tufayli chempionat to'purari bo'ldim. Men kelgan yilim OCHLda yomon qatnashmadik. Guruhda birinchi o'rinni egallagandik. Ishonch bilan fikr bildiradigan bo'lsam Toshkentda faoliyatimning eng yaxshi davrlarini o'tkazdim. Futbolchi Qosimov va Volkov qo'l ostida har tomonlama o'sishga erishadi deb o'ylayman. Bunday murabbiylar bilan birga ishlash yoqimli va foydali.

Har bir urgan golim o'ziga xos muhim ahamiyatga ega deb bilaman. OCHL, kubok va chempionat o'yinlarida ko'plab gollar urganman. Ammo, kubok finalida “Nasaf”ga kiritgan to'pim men uchun qadrliroqdir.



Sergey Lushan kelgach ichki muhitga dars ketdi. Uning uslubini tushunishga qiynalganman. Lushan boshqaruvida ko'p bor asosiy tarkibdan tushib qolganman. Bazi uchrashuvlarda maydonga tushmasam raqiblar xursand bo'lardi.

“SHo'rtan”dan nega ketdim? Atrofdagilarni va o'zimni asabimni asrashim uchun. Volkov talabchan murabbiy, futbolni tushunish darajasi yuqori. Futbolchilardan kerakli paytda foydalanishni biladi. Agar, unga imkoniyat berilganida, moliyaviy holat barqaror bo'lganida o'sha payt bemalol kuchli oltilikka kira olardi. Volkovning maxsus sistemasi mavjud, Evropacha uslubda ish olib boradi”, - degandi Pishur.

Malumot o'rnida, Pishur 2018 yildan beri Ukraina chempionati vakili “Desna” jamoasida bosh murabbiy Aleksandr Ryabakonga ko'maklashib kelmoqda.

U “Bunyodkor” jamoasida o'tkazgan ikki mavsumida quyidagicha natija ko'rsatgandi. 2013 yilgi mavsumda 25ta uchrashuv, 1849 daqiqa, 19ta gol, 3ta sariq kartochka. 2014 mavsumda mavsumda 19ta uchrashuv, 1302 daqiqa, 5ta gol 1ta qizil kartochka.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика