So’nggi yangiliklar

10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  2 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  5 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пеналти ва четлатиш. "Алё, рэф!" Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги ҳакамларнинг қарорларини таҳлил қилди  11 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  12 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  3 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  8 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  13 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  14 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  7 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  2 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3

2010 yilda Ronaldu ayblovni pul bilan bosti-bosti qilgan Yangiliklar

2010 yilda Ronaldu ayblovni pul bilan bosti-bosti qilgan

Der Spiegel jurnali "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2010 yilning yanvarida zo'rlash ayblovidan qutilish uchun 375 ming dollar to'laganini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etdi.

Nemis nashri Ronaldu va uning ko'p yillik maslahatchisi Osorio de Kastro o'rtasidagi yozishmalarni taqdim etdi.

"O'rtadagi odamning aytishicha, qiz yig'layotgan ekan, ammo hozircha tovon puli haqida gap bo'lgani yo'q. Keyniroq aytishsa kerak" - deydi de Kastro Ronalduga. "Yaxshi" - deya javob beradi portugaliyalik.

Keyin futbolchining telefon raqamiga de Kastrodan yangi xabar keladi: "950 ming dollar". Ronaldu quyidagicha javob qaytaradi: "SHuncha so'rashyaptimi?".

Biroz vaqt o'tib Osorio mijoziga yana xabar jo'natadi: "Bu birinchi talab. Hozir 660 ming evro so'rashmoqda. Biz rad etdik. Muzokaralar davom etmoqda".

"Juda ko'p emasmi?" - deb yozadi Ronaldu.

De Kastro javob qaytardi: "Menimcha, ha. Kamroqqa kelishishimiz kerak".

"Kamaytiring!" - yozishmani davom ettirdi Krishtianu.

Keyinroq de Kastro Ronalduga muzokaralar natijasi haqida gapirdi: "Biz 260 ming evroga kelishdik. Bundan tashqari, o'rtadagi odamga ham pul to'lash lozim. SHu bilan birga pul o'tkazishni amalga oshiradigan yuristlarga ham pul berish kerak. To'g'ri, bu katta pul. Ammo bu hozirgi vaziyatdan chiqib ketishning eng to'g'ri uslubi, bunday kelishuvga erishish oson bo'lmadi".

Der Spiegel ushbu malumotlarga qo'shib, Ronalduning imzosi bo'lgan hujjatlarni ham taqdim etdi. Nashr pul o'tkazmasi borasida isbot ko'rsatdi, ammo zo'rlash haqida hech narsa yo'q.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика