So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

2009 yil u A Seriyaning "Eng yaxshi murabbiyi" deb tan olingandi, ammo keyin... Yangiliklar

2009 yil u A Seriyaning "Eng yaxshi murabbiyi" deb tan olingandi, ammo keyin...

Xorijda ishi yurishmagan murabbiy, o'zi haqida eslatib qo'yish uchun appenin yarim orollariga qaytmoqda.

2009 yil CHezare Prandelli A Seriyaning "Eng yaxshi murabbiyi" deb tan olingandi. U boshchilik qilgan "Fiorentina" CHempionlar Ligasida qatnashar, "fialkalar" klub tarixida ilk bor ushbu musobaqa pley-off bosqichiga chiqa olgandi. 2010 yilga o'tib, jamoa germaniyaning "Bavariya"siga imkoniyatni boy berdi. O'sha yil yozida Prandelli Italiya termasi boshqaruvini qo'lga oladi – bir qarashda, murabbiy professional faoliyatining cho'qqisiga qarab ketayotgandek, uni oldinda ko'plab g'alabalar kutayotgandek edi, ammo... 

Jamoa Evro-2012 finaliga chiqqani bu kabi fikrlarni yanada asosli qilardi. Lekin JCH-2014 dagi omadsizlikdan so'ng, barchasi umuman boshqacha tus oldi.

"Galatasaroy", "Valensiya", "Al Nasr". "Fiorentina"dan ketganiga sakkiz yil bo'lgan bo'lsada, Prandelli birorta sovrin yutolmadi va bugungi kunga kelib, "Jenoa" uning darajasidan past bo'lgan klub deb bo'lmaydi. CHezareni Italiyada iliq kutib olishdi. 

Xorijda ishi yurishmagan murabbiy, o'zi haqida eslatib qo'yish uchun Appenin yarim orollariga qaytmoqda. 

"Jamoa mashg'uloti vaqtida nimani xis qilyapman? Xuddiki, tuman tarqab, yana quyosh charaqlagandek".  

Prandellining aytishicha, u "Jenoa" futbolchilariga futbol o'ynashni o'rgatish uchun kelgan.

"Kuameni misol qilib olsak, u ajoyib futbolchi, lekin texnikasi bilan bog'liq jiddiy muammolar mavjud. Barcha, nafaqat u, hamma texnik mashg'ulotlar ustida ko'proq ishlashi lozim. Texnika – bu futbolning asl chiroyi. Statistikani kuzatishni, undan to'g'ri foydalanishni bilish zarur. A Seriya da individual harakatlar evaziga raqiblarni aldab o'tish borasida etakchilarning bari – chet elliklar, kishini o'ylantirib qo'yadigan masala. Sxemalar, taktika – bu muhim albatta. Lekin texnika nima bo'ladi?".

"A Seriyada mahalliy yosh futbolchilar yo'qligi kishini ranjitadi to'g'risi. Manchini esa Dzanoloni termaga chaqirib zo'r ishga qo'l urdi. U klublarga qaratar: "Bu yigitga Italiya chempionati vakillari tarkibida joy topilmasligini bilaman, lekin u terma jamoa tarkibida to'p tepishga loyiq", degandek bo'ldi. Endi esa barcha uning qobiliyatli yigit ekanini bilib oldi va Rimning "Roma"si futbolchini tarkibiga qo'shib oldi".

"Oxirgi uchrashuvda jamoamda, maydonga tushgan birgina italiyalik futbolchi bor edi. Bu juda kam. Jamoa rahbarlari bir narsani tushunishlari zarur, yoshlarga ishonch bildirilsa, kelajakda bu o'z mevasini beradi. Oddiy misol "Yuventus"ga bir qarang – ular sakkiz yil oldin anglashdiki, asosiy tarkibda kamida 4-5 nafar mahalliy futbolchi bo'lishi kerak.

"Jenoa"ning mavsumda oldiga qo'ygan vazifasi? Xavfli zonadan uzoqroq ketib olish, omadli proektning fundamentini qo'ya bilish. Klub prezidenti shunday demoqda. Italiyada "proekt" so'zi bilan ehtiyot bo'lish zarurligini yaxshi bilaman – bu erda deyarli hamma extirosli va qarorlar ham shu yo'sinda qabul qilinadi. Lekin nima bo'lganda ham Precoziga menga imkon bergani uchun rahmat aytaman". 

Maqsadim nafaqat "Jenoa" bilan yuqori o'rinlarni egallash, balki imkon qadar italiyalik yosh iqtidorlarga imkon berish, ularni kashf etishdir.


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика