2001 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasida "Kelajak sari" xalqaro musobaqasi o'tkaziladi
10 may 2019 11:11
Yangiliklar


2001 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasida "Kelajak sari" xalqaro musobaqasi o'tkaziladi
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yoshlar o'rtasida futbolni ommaviylashtirish, qo'shni davlatlar bilan do'stona aloqalar o'rnatish maqsadida "Kelajak sari" xalqaro musobaqasi o'tkaziladi.
Musobaqa joriy yilning 11-19 may kunlari bo'lib o'tadi. Unda 14ta hududiy bolalar-o'smirlar akademiyalari qatorida Qirg'iziston yoshlar terma jamoasi, Qozog'iston Respublikasi Olma-ota shahrining “Narxoz” futbol klubi, O'zbekiston U-19 terma jamoasi, hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari jamoalari, "Lokomotiv" hamda "CHig'atoy" futbol maktabi jamoasi qatnashadi.
Musobaqaga qura tashlash marosimi 11 may kuni soat 17:00da O'FA Majlislar zalida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar