20-tur prevyusi: "SHo'rtan" - "Paxtakor"
25 avg 2015 01:10
Yangiliklar
20-tur prevyusi: "SHo'rtan" - "Paxtakor"
Muxtor Qurbonov ustozlik qilayotgan "SHo'rtan" ikkinchi davrani muvaffaqiyatli boshladi. O'tgan 4 uchrashuvda jamoa 8 ochko jamg'ardi. Ayni paytda g'uzorliklarni yaxshi holatda deb aytish mumkin. Jamoalar safida diskvalifikaciya bilan bog'liq yo'qotishlar yo'q.
Jamoalar oliy ligada oliy ligada 19 bor to'qnash kelishgan. "Paxtakor" 17ta o'yinda g'olib bo'lgan, 1 o'yin durang hisobida yakunlangan va "SHo'rtan" bir marta zafar quchgan. To'plar nisbatida ham ustunlik "Paxtakor" tomonida - 53:11.
G'uzorda bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 8tasida “sherlar” zafar quchishgan. Bir marta (2012 yil) "SHo'rtan" o'z uyida g'olib bo'lgan. Birinchi davrada "Paxtakor" Toshkentda 2:1 hisobida g'alaba qozongan.
Asosiy tarkiblar bahsi esa 25 avgust, seshanba kuni soat 17:30da start oladi.
"SHO'RTAN" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Temur To'xtasinov (Andijon), Anvar Marajabov (Andijon), Ziyodillo Abdurahmonov (Andijon), Bahrom Yulcharaev (Guliston).
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar