2-liga. "O'rikzor" SKIFni mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
15 okt 2015, 19:07
Bugun O'zbekiston birinchiligi ikkinchi liga Toshkent shahar mintaqasining ikkinchi bosqich 11-tur uchrashuvlari boshlandi.

10-turda "Paxtakor 1"ni mag'lub etgan "O'rikzor" jamoasi bu safar o'z maydonida SKIF klubini qabul qildi. "Chig'atoy" maydonida o'tkazilgan bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

"O'rikzor" o'yinchilari tezkorlik va kombinacion o'yin ko'rsatishga uringan bo'lsa, SKIF futbolchilarining asosiy qismi gavdali bo'lgani uchun jismoniy ustunlik evaziga to'p tepishga urindi. Bundan tashqari, mehmonlar bo'ydagi ustunlik hisobiga hujumlarni havodan uzatilgan paslar bilan yakunlashga harakat qilishdi.

Mehmonlar o'yinda tezkor gol kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Lekin, mezbonlar iroda ko'rsatib vaziyatdan chiqib ketishdi. Uchrashuvning 26 daqiqasida Sherzod Qodirov jamoadoshi Abdurashid Valixonovning pasini ko'kka sovurmadi va muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limda esa zahiradan maydonga tushgan Sarvar Shoahmedov hamda Omon Rahimovlar bittadan to'p kiritishdi. Bunga javoban SKIF 87 daqiqada bitta gol urdi, yakuniy hisob 3:2.

 

"O'rikzor" - SKIF 3:2
Gollar: SH.Qodirov 26, S.Shoahmedov 72, O.Rahimov 77 - B.Yusupov 6, U.Haitov 87

"O'rikzor": Mirsodiq Mahamatov, Abdurashid Valixonov, Bahrom G'ofurov, Bekzod Mirsaidov, Zoir Toshmatov, Abdulla Mahkamov, Sherzod Qodirov, Aziz Toxirov, Nuriddin Nasriddinov, Abdulla Yo'ldoshev, Jahongir Muhamadjonov.
Zahira: Islom Gaynazarov, Aziz Aminjonov, Omon Rahimov, Bunyod Vahobjonov, Umidjon Qayumov, Turg'unpo'lat Turg'unov, Sarvar Shoahmedov.

SKIF: Valeriy Karpenko, Toxir Isroilov, Jasur Rasulov, Abduraim Anorboev, Pavel Tyulkin, I.Hakimov, Shyerdar Turanov, Javohir Salimov, Nuriddin Umarov, Bahodir Yusupov, Aleksandr Chexmarev.
Zahira: Ulug'bek Haitov, Azamat Bog'ibekov, Farruh Fatxullaev, Shoxruh Hojiev, Abduhamid Karimov.

Ogohlantirishlar: A.Yo'ldoshev 53, I.Gaynazarov 82, A.Mahkamov 90 - N.Umarov 36, A.Anorboev 40, V.Karpenko 60, SH.Hojiev 73
Chetlatish: A.Anorboev 65 (Ikkinchi ogohlantirish)


10-tur

SKIF - "Bunyodkor A" 0:1
"Paxtakor 1" - "O'rikzor" 2:3
"Namuna" - "Lokomotiv BFK" 2:1

11-tur

"O'rikzor" - SKIF 3:2

Turnir Jadvali

#    

Jamoa                           

U      

G'          

D          

M            

T-N               

O      

1

Bunyodkor-A

9

5

4

0

16-6

19

2

O'rikzor

11

4

5

2

21-20

17

3

Namuna

9

3

4

2

16-14

13

4

SKIF

8

3

3

2

7-6

12

5

Paxtakor-1

8

3

1

4

10-16

10

6

Lokomotiv BFK

10

2

2

6

15-16

8

7

Tramvaychi

8

1

4

3

9-12

7

8

Paxtakor-2

7

2

1

4

12-16

7


FK "O'rikzor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia