2-liga. "O'rikzor" jamoasi tanlov elon qiladi
31 iyu 2017 14:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/267809_original.jpg)
![](/upload/storage/267809_220.jpg)
2-liga. "O'rikzor" jamoasi tanlov elon qiladi
2-liga azosi hisoblangan Toshkentning "O'rikzor" jamoasi ham ayni paytda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
"O'rikzor" klubi ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida yosh o'yinchilar uchun tanlov elon qildi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tganlar "O'rikzor" tarkibida to'p tepishadi.
Mashg'ulotlar har kuni soat 18:00dan 20:00ga qadar Yakkasaroy tumanidagi 144-maktab maydonida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, yaqindagina "O'rikzor" jamoasidan chiqqan futbolchi Abdullo Mahkamov "Mashal" klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasida o'rtoqlik o'yinida gol ham urdi. Abdullo Mahkamov o'tgan mavsumning ikkinchi qismida "Obod"ga o'tgan edi. "Obod" o'rinbosarlari tarkibida to'p tepib yurgan yarim himoyachi endi muborakliklar tarkibida shug'ullanmoqda. Bundan tashqari, "O'rikzor"dan chiqqan yana bir o'yinchi Muhammadazim Nurmatov bugungi kunda "Metallurg" o'rinbosarlari tarkibida o'ynab kelmoqda.
"O'rikzor" jamoasida ko'rikdan o'tishni istaganlar quyidagi raqamga qo'ng'iroq qilishlari mumkin:
+99898 3038843 (Baxtiyor Ergashev, "O'rikzor" bosh murabbiyi).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar