So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

17 gol, antirekord va Superliga yo'llanmasi - 20-tur haqida Yangiliklar

17 gol, antirekord va Superliga yo'llanmasi - 20-tur haqida

Pro ligada 20-tur bahslari yakunlandi.

"Yangiev" 1:2 "SHo'rtan", 475 muxlis

"Xorazm" 3:0 "Aral Samali", 220 muxlis

"Dinamo" 5:1 "Olimpik", 1 112 muxlis

"Nurafshon" 1:4 "Neftchi", 354 muxlis

Muxlislar tashrifi

Mazkur turni 2 161 nafat ishqiboz stadionning o'zidan tomosha qilgan (har o'yinga o'rtacha 540). Bu o'tgan turga nisbatan 8 ming nafarga kamroq. Muxlislarning stadionga tushishi borasida mavsumning eng yaxshi natijasi o'tgan turda Farg'onada qayd etilgan edi (deyarli 9 ming tomoshabin). Superliga yo'llanmasini nishonlash uchun 21-tur doirasidagi "Neftchi" — "Dinamo" o'yinida "Istiqlol"ga yana ham ko'proq muxlis kelsa kerak.

Gollar

4 o'yinda 17 ta gol urildi (o'tgan turga nisbatan 3 ta ko'p). Bu har o'yinda o'rtacha 4,3 tadan gol degani. To'plarning 10 tasi mezbon, 7 tasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol "Dinamo" va "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yinda kiritildi (6). Tur davomida faqat 1 bor avtogol ko'rdik (Ulug'bek Xudoyberdiev, "Yangier").

20-turda 3 nafar futbolchi dublga erishdi: Oybek Qilichev ("Neftchi"), Sardor Eminov ("Dinamo") va Sardobek Matmurotov (Xorazm).

Kartochka va penalti

Referilar tur davomida 16 bor sariq kartochkaga murojaat qilishdi (har o'yinga o'rtacha 4 tadan).

Faqat 1 futbolchi maydondan chetlatildi — Ulug'bek Xudoyberdiev ("Yangier").

4 o'yinda 1 marta 11 metrli jarima zarbasi belgilandi.

"Neftchi" yana Superligada!

Farg'ona klubi 20-turda yuqori divizion yo'llanmasini muddatidan oldin naqd qildi. 3 yillik tanaffusdan keyin "Neftchi"ni yana Superligada ko'rishimiz mumkin.

Eng yaxshi va yomon

Turning eng yaxshi futbolchisini tanlash qiyinchilik tug'diradi. Kimdir Oybek Qilichevni ko'rsatsa, kimdir "Xorazm"ga 3 ochko keltirgan Sardorbek Matmurotovni tanlaydi. Ammo turning eng omadsiz futbolchisi sifatida "Yangier" yarim himoyachisi Ulug'bek Xudoyberdievni ko'rsatish mumkin. U "SHo'rtan"ga qarshi bahsda nafaqat o'z darvozasiga gol urib qo'ydi, qizil kartochka oldi va jamoasi 1 kishi kam bo'lib qolishini taminladi.

Tur qahramoni

Bu masalada kimdir G'ijduvonda yirik hisobda zafar quchgan, "Neftchi"ni yuqori divizionga olib chiqqan Ilhom Mo'minjonovni ko'rsatishi mumkin. Biz esa boshqacharoq fikrladi. Mo'minjonovga tur emas, mavsum qahramoni desak, ko'proq yarashadi. Tur qahramoni nominaciyasini esa O'zPFL komissari Aleksandr Davidenkoga beramiz. U 20-tur doirasidagi 4 o'yinning 3 tasida ishladi.

O'zPFL matbuot xizmati buni poytaxtda davom etayotgan U-14 chempionati va 9 oktyabr kuni start oladigan futzal chempionati tufayli yuzaga kelgan xodimlar tanqisligi bilan izohladi.

SHuningdek, Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" qisqa tarixidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib olgani holda o'z antirekordini o'rnatganini alohida takidlash kerak.

21-tur taqvimi

12.10.2021. "Aral Samali" — "Yangier"

12.10.2021. "SHo'rtan" — "Xorazm"

13.10.2021. "Olimpik" — "Nurafshon"

14.10.2021. "Neftchi" — "Dinamo"

104 muxlis, 16 gol — turning qiziq raqamlari bilan tanishing

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика