16 uchrashuvda 32 ochko. Bu Gvardiolaning eng yomon natijasimi?
08 dek 2019 09:40
Yangiliklar


16 uchrashuvda 32 ochko. Bu Gvardiolaning eng yomon natijasimi?
APL 16-turida “Manchester Siti” o'z maydonida “Manchester Yunayted”ga (1:2) imkoniyatni boy berdi.
Ushbu bellashuvdan keyin “shaharliklar” hisobida ochkolar soni 32 taligicha qoldik. Bu milliy chempionatlar yuqori divizionida Gvardiola ishlagan jamoalar natijalari orasida eng yomon natija sifatida qayd etildi.
Pep ilgari “Bavariya”, “Barselona” va “Barselona B” jamoalarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Ispaniya uchinchi divizionida ishtirok etuvchi “Barselona B” jamoasi 2007/08 yilgi mavsumda Gvardiola qo'li ostida 16 uchrashuvda 31 ochko to'plagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar