14 yildan so'ng La Ligaga qaytgan "Kadis" "Real" sobiq futbolchisini transfer qildi
13 iyu 2020 10:44
Yangiliklar
14 yildan so'ng La Ligaga qaytgan "Kadis" "Real" sobiq futbolchisini transfer qildi
"Kadis" 14 yildan so'ng La Ligaga qaytdi.
"Kadis" prezidenti Manuel Viskaynoning so'zlariga ko'ra, klub kelasi mavsum La Ligada ishtirok etish uchun ilk xaridni amalga oshirdi.
Klub ayni damda "Al Nasr"da o'ynayotgan ispaniyalik hujumchi Alvaro Negredoning transferini elon qildi.
"Kadis" La Liga dagi ilk transferini amalga oshirdi, bu Alvaro Negredo", - deydi Viskayno.
Negredo 2018 yildan buyon "Al Nasr"da to'p tepadi. Ispaniyalik hujumchi bundan oldin "Real", "Sevilya" va "Manchester Siti" klublari sharafini himoya qilgan. Alvaro Ispaniya terma jamoasida 21ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.
Fikrlar