So’nggi yangiliklar

09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  2 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  28 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  9 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  88 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  20 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1

"12-sektor"ning ilk mehmoni Abror Tursunov Yangiliklar

"12-sektor"ning ilk mehmoni Abror Tursunov

Bugundan boshlab saytimizda yangi, "12-sektor" nomli loyihani ishga tushirishga qaror qildik.

Ushbu loyihaga ko'ra, saytimizda faol, odobli, namunaviy tomonlama o'zini ko'rsata olgan foydalanuvchilarimiz ushbu loyiha mehmoni bo'ladilar. Demak, dastlabki mehmonimiz "Abror Tursunov" nikidagi muxlisimiz bo'ldi.


Ism-sharifi: Abror Tursunov.
Tug'ilgan joyi:
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Tug'ilgan sanasi:
1989 yil, 22 dekabr.
"Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti"da tahsil olgan.
Ayni paytda "Sifat markazi" xodimi.





- Saytimizga qachondan beri kirasiz va u sizni nimasi bilan qiziqtiradi?
- Taxminan 2010 yilning oxirlaridan. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogidan oldin saytning foydalanuvchisiga aylanganman. Saytning menga yoqadigan tomoni shundaki, championat.asia boshqalarga nisbatan haqqoniy, reallikka yaqin deb hisoblayman.

- Oliy ligamizda kimga ishqibozlik qilasiz?
- Faqat "Paxtakor"ga. Esimni taniganimdan beri ushbu jamoaning muxlisiman.

- Gulistondan ekansiz, istarmidingiz Gulistonda ham haqiqiy, raqobatbardosh jamoa bo'lishini?
- Albatta. Faqat buning uchun futbolga etibor kuchli bo'lishi zarur. Ayni paytda etibor yo'q.+

- O'zbek futbolida nima yoqadi-yu, nima yoqmaydi?
- Nima desam bo'larkin-a? Jamoamizning, Terma jamoalar markazining boshqaruv uslublari menga yoqmaydi. Yoshlarimiz ko'rsatayotgan natijalar esa kishini xursand qiladi.

- Saytdagi yuzerlardan kimlarni etirof etasiz?
- To'g'risini aytsam, "komment"larni ko'p ham kuzatmayman. O'zim ham kamdan-kam fikr qoldiraman. "I Love Uzb" nomli muxlis bilan bir joydanmiz. O'tgan yil dekabr oyida saytingiz orqali tashkillashtirilgan futbol musobaqasiga ham Gulistondan u bilan birga kelganmiz.

- Saytda yana nimalar qilishimizni istagan bo'lardingiz?
- Saytdagi yaxshi loyihalar to'xtab qoldi. SHulardan "12 oy, 12 viloyat", "Kecha, bugun, ertaga" loyihalarini davom etishini istayman. Umuman olib aytganda esa, barchasi joyida. Sayt dizayni ham shu holicha qolishini xohlayman.

- FIFA.UZ loyihasida eng esda qolarli yoki alamli tur qaysi bo'lgan? Masalan, biror futbolchini sotib yuborganingizdan so'ng u gollar urishni boshlagan...
- SHunga o'xshash holatlar Pishur va Sergeev bilan bo'lib turadi. Ularni jamoaga sotib olishim bilan gol urishdan to'xtashadi, sotib yuborishim bilan esa gollar urishni boshlashadi.


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика