So’nggi yangiliklar

10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  1 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  2 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  6 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  18 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  1 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  26 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  23 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  3 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  2 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1

"12-sektor". Bahodir Saidov: "Saytda futbolga aloqasi bo'lmagan “komment”lar ko'p" Yangiliklar

"12-sektor". Bahodir Saidov: "Saytda futbolga aloqasi bo'lmagan “komment”lar ko'p"

Saytimizning taniqli "yuzeri" Bahodir Saidov yangi "12-sektor" loyihamizning mehmoni bo'ldi.
Bahodir Saidov o'zini qiynayotgan muammolar haqida gapirib o'tdi va o'z takliflarini bildirdi.

-   Saytimizni qachondan kuzata boshlagansiz va nimasi bilan u sizni o'ziga tortgan?

-   Bu birinchi qiziqib qolgan futbol saytim hisoblanadi. Ungacha faqat rus tilidagi saytlarga kirib turardim. Qidiruv berganimda aynan shu sayt topilgan. Boshqa saytlar ham topilgan, Lekin men aynan shu saytga kirishga qaror qildim. Championat.uz nomi ostida faoliyat olib borilayotgandayoq sayt foydalanuvchisi edim.

-   Bungacha o'zbek futboli haqidagi yangiliklarni gazetalar orqali bilib borardingizmi?
-   Ha, faqat gazeta orqali.

-   Qaysi gazetani sotib olardingiz?
-   “Futbol Ekspress”ni. Undan avval, 90-yillarda esa “O'zbekiston futboli” gazetasining har bir sonini sotib olib yig'ardim. O'sha gazetadan turli rasmlarni olib daftarga yopishtirardim. Hozir o'sha gazetalarni farzandlarim o'yin qilib yirtib tashlashgan (kuladi).



-   Saytga kirishni boshlaganingizdan so'ng gazeta olmay qo'ydingizmi? Gazetalardan voz kechganingizning sababi saytlar va gazetalarning bir xilligidami? Masalan, saytda o'qigan narsangizni gazetalarda ham o'qish odamlarga qiziq bo'lmay qolishi mumkin...
-   Sayt har tomonlama qulay. Istagan vaqtingizda kirasiz. Xohlagan malumotingizni olasiz. Malumotlarni bir hafta kutib o'tirmaysiz.

-   Masalan, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarda “Sport Ekspress” gazetasida sayt ham, gazeta ham o'zining muntazam o'quvchilariga ega...
-   Misol uchun internetda doimiy ravishda o'tiradigan odam gazeta olib o'qishi qiyin masala.

-   Gazeta o'ziga qiziqtira olsa-chi? Saytda chiqmagan yangiliklarni, yangi loyihalar tashkil qilib...
-   Agar qiziqarli nimadir bo'lsa olib o'qisa bo'ladi. Lekin gazetalarda bunday jurnalistlar qolmagan.

-   Masalan, bizning “Kecha, bugun, ertaga...” va shunga o'xshash yana taxminan to'rtta qiziqarli loyihamiz saytga chiqmadi deb tasavvur qiling. O'shanda gazeta olarmidingiz?

-   Agar shu narsa faqat gazetada chiqadigan bo'lsa olishim mumkin. Lekin qiyin masala-yov. Bazan gazetachilar, baraka topgurlar, dolzarbroq, qiziqarliroq mavzularni yoritinglar degim keladi. Bu soha bo'yicha mutaxassis emasman. Lekin ayni paytda gazeta qanday qilib saytni ortda qoldirib ketishi mumkinligini tasavvur qila olmayapman.



-   Saytimiz nimasi bilan sizni o'ziga jalb eta oldi? CHunki hozirda muxlislarda tanlash imkoniyati bor.
-   O'quvchi bilan muloqot yaxshiligi meni saytga jalb qiladi.

-   Saytdagi yuzerlarimizga qo'llaydigan choralarimizga qanday fikr bildirasiz? Masalan, engil urishsalar ham “blok” qilib tashlaymiz...

-   Bir gap aytaymi? Saytda ortiqcha gapiradiganlar ko'payib ketgan. Futbolga aloqasi bo'lmagan “komment”lar ham ko'p. Kuni kecha qaysidir xabarda kimnidir uylanayotganligi haqida gap ketdi. 50 ga yaqin fikr aynan shu mavzuda bo'lgandi. SHunga o'xshash narsalar sayt uchun minus bo'lmoqda. Keraksiz sherlar ham yozishadi. Birgina “Albars” nomli yuzer mantiqiy, mavzuga aloqasi bo'lgan sherlar yozib turadi. Bundan tashqari saytda keragidan ortiq yangiliklar chop etilmoqda. Blok qilish masalasiga kelsak esa, sayt sizlarniki. Bu sizning ixtiyoringiz.

-   So'nggi paytlarda kam fikr bildiradigan bo'lib qolganingizning sababi mana shunga o'xshash keraksiz “komment”larning ko'payib ketganimi yoki futboldan ko'nglingiz qoldimi?

-   Birinchisi. Futboldan hech qachon zerikmayman.

-   Futbolga tushib turasizmi?

-   Judayam kam.

-   Sababi nimada?

-   Birinchidan davlat ishchisiman. Ish vaqtim kechki 6-7 largacha cho'zilib ketadi. Ikkinchidan, vaqt kam.

-   Demak, Oliy ligamizdagi o'yin vaqti davlat ishchilariga to'g'ri kelmaydi...

-   Vaqtini kechroqqa belgilashsin. Kechroq bo'lsa borardik. Yoki yakshanbaga qo'yishsin o'yinlarni. Bilmadim, balki stadionga odam ko'p tushishi ular uchun “nevygodniy” bo'lsa kerak. Bazi o'yinlarimizni kamroq odam ko'rgani yaxshi. TVda ham so'nggi paytlarda kam o'yin ko'rsatilmoqda.

-   Umuman olganda, futbolimizda asosiy etiborni nimaga qaratish zarur deb o'ylaysiz? Agar sizning qo'lingizda bo'lganida ishni nimadan boshlar edingiz?
-   Barcha joyda birinchi navbatda poydevor to'g'ri qo'yilishi zarur. Bolalar futboli... SHunga katta etibor qaratish lozim.

-   Stadionga muxlislarni qaytarish uchun nimalar qilish kerak?
-   CHempionatni kuchaytirish lozim. Turnir targ'ibotini kuchaytirish kerak.

-   Toshkentdagi muxlislarning stadionlarga bormasligiga nima sabab deb o'ylaysiz?
-   Asosiy sabab chempionatning oddiyligida. Masalan, hech qaerda afishalarni uchratmaysiz. Universiada, Barkamol Avlod o'yinlari kabi reklama qilish zarur futbolimizni.



-   Stadiondagi sharoit-chi? Masalan, muxlis futbolga borganidan so'ng dam olishi zarur...

-   Targ'ibot. Birinchi navbatda targ'ibotni kuchaytirish lozim. Reklamani kuchaytirdi, odamlarni jalb qila olyaptimi, keyin o'sha o'yinni ham, sharoitlarni ham kuchaytiradi. CHunki, shuncha odam kelganidan so'ng sifatsiz mahsulotni ko'rsatishga uyalib, sharoitlarni yaxshilashadi. Odamlarni qiziqtirish lozim.

-   Sayt masalasiga qaytsak. Qaysi loyihalarimiz sizga maqul keladi? O'zbek futboliga oid tayyorlanayotgan maqolalar, yangiliklarni qay darajada qiziqib o'qiysiz?

-   O'zbek futboli haqidagi chempionatimizga oid xabarlarni qiziqib o'qiyman. MTJga, legionerlarga tegishli xabarlarga qiziqishim katta emas.

-   Yuzerlarimizdan kimlarni alohida ajratib ko'rsata olasiz?
-   “Albars”, “Tahlil_Tanqid”, "SHavkat SHukurov", “-MaN-UniteD-”larni aytishim mumkin.

-   Keyingi safar kimni taklif qilishimizni istardingiz? Siz uchun kimning chiqishi qiziq bo'ladi?
-   Muxiddin Xoliqov degan muxlisimizni taklif qilinglar. SHu inson bilan ko'p bahslashaman.

-   Saytimizda yana qanday loyihalar bo'lishini istardingiz?
-   Qo'shnilarimiz futboli haqidagi malumotlar ham ko'payishini istayman. Statistika ham muxlislar uchun qiziq bo'lishi mumkin. Keyin chiroyli gollarni ham video shaklida saytga joylanishini xohlayman.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика