So’nggi yangiliklar

23:39Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  1 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  6 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  12 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  10 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0

"12 oy, 12 viloyat" loyihasi start oldi Yangiliklar

"12 oy, 12 viloyat" loyihasi start oldi

Nuqul tanqiddan boshimiz chiqmay qoldi. Ko'zimizni kattaroq ochsak, ancha muncha yutuqlarga erishganligimizni ham ko'ramiz.
Zamonaviy stadionlar-u, futbol akademiyalari. Suniy maydonlardan tortib, sport inshootlari yurtimiz bo'ylab ko'paysa ko'payyapti-ki, aslo kamaymayapti.

Balki bor narsalarimizni ko'rsatib bera olmayotganligimiz uchun o'quvchilar tomonidan ko'plab tanqidlar bo'layotgandir. Demak, bu erda rahbarlarning emas aslida OAVning aybi katta bo'lyapti. Rahbarlarning aybi esa OAVga sharoit  yaratib bera olmayotganligida. SHuning uchun OAV ularga qarshi boshqacha qaraydi. "Tutti nima uchun sen faqat yomonlik haqida o'ylaysan" mashhur multfilmdan iqtibos. Haqiqatdan ham faqat yomonlik haqida emas, yaxshiliklar haqida ham yozadigan va "SA"da ko'rsatadigan payt keldi.

Yangi yil oldidan "12 oy, 12 viloyat" loyihasi ustida ishlab, mahsus dastur tuzib chiqdim. Unga ko'ra har oyda reja asosida viloyatlarga tashrif buyuriladi va u erdagi futbolning tarixidan tortib bugungi kunigacha o'rganiladi. Qolaversa, bu orqali "Kecha, bugun, ertaga" loyihasini ham takomillashtiramiz. Endi nafaqat mehmonlarni kutamiz, balki o'zimiz viloyatga borib mazkur loyiha uchun katta intervyularni uyushtirib qaytamiz.

Endi "Kecha, bugun, ertaga" loyihasi oyda bir marotaba, ammo sifat borasida 4 marotaba kuchliroq efir (!) yuzini ko'radi. Fevral oyi qahramoni Ro'ziqul Berdiev. "Nasaf" ustozi bilan suhbat ajoyib tarzda o'tdi. Barchasi ochiq va fikr almashinuvlarga boy.

Qarshi safari kecha boshlandi, bugun SHaxrisabz orqali davom ettiramiz. U erda 2005 yil avtohalokatga uchragan Kamoliddin Kenjaev xonadoniga tashrif buyuramiz. Keyin viloyatdagi "Koson" jamoasi tarixi bilan tanishib, faxriy futbolchilar suhbatini olamiz. Bu haqda ko'p gapirish mumkin, ammo bir marotaba ko'rishga nima etsin. Oyning so'nggi jumasida, siz uchun taqdim etilinadigan "12 oy, 12 viloyat" TV ko'rsatuvini kuting!

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика