So’nggi yangiliklar

19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  9 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  14 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4

"12-muxlis"da "Tahlil_Tanqid" Yangiliklar

"12-muxlis"da "Tahlil_Tanqid"

"12-muxlis" loyihasining 4-soni mehmoni "Tahlil_Tanqid" bo'ldi.
-O'zingiz xaqingizda qisqacha malumot bersangiz.
-Ismi sharifim Sunnatilla Islomov, 1984 yil Toshkent shaxrida tug'ilganman. OAVda ishlayman, uylanganman bir nafar o'g'il farzandim bor.

-Futbol siz uchun nima?
-Futbol men uchun ham quvonch, ham alam, ham asablarning charchashi. Unga 6 yoshimdan mehr qo'yganman, bunga onam sababchi bo'lganlar.

-O'zimizdan va xorijdan qaysi klublarga qachondan va nima uchun muhlislik qilasiz.
-O'zimizdan "Lokomotiv" muhlisiman. Bu klub 2002-yil tashkil topgan, o'sha paytdan befarq emasman. Malumki 2002-yil "Paxtakor", 2008-yil "Bunyodkor" chempionlikda gegemonga aylanishdi. "Lokomotiv" maqsadlari 2011-yil jiddiylashib 1-ligadan oliy ligaga yo'l olishi va poytaxtning ikki klubiga raqobat qilishi menda ijobiy taasurot qoldirdi va jamoaga muxlislikni kuchaytirdim. Xorijdan "Yuventus" muxlisiman. 1996-yil "Ayaks"ni yutib chempionlar ligasi g'olibi bo'lgach, shuningdek R.Badjo, Ravanelli, Del Piero kabi futbolchilarning o'yinlari sabab bu jamoaga muxlis bo'lganman.

-Stadionda turib ko'rgan birinchi o'yiningiz qaysi edi.
-Adashmasam 1996-yil MHSK stadionida MHSKmidi, "Paxtakor"midi aniq esimda yo'q "Navbahor" bilan o'ynaganda dadam va o'rtoqlari bilan ko'rganmiz.

-SHu paytga qadar hayotingiz davomida ko'rgan o'yinlaringiz orasida eng yaxshi, qiziqarli, qadrli va alamli o'yinlarni eslab o'tsangiz.
-Bunday o'yinlar ko'p. Masalan 2005-yil O'zbekiston-Quvayt 3:2 o'yini esimda qolgan eng yaxshi o'yinlardan. Qadrli va qiziqarlisi Saudiya Arabistonini 3:0ga yutganimiz, SHackix va Jeparov gol urgandi. Alamlisi J.Koreyaga 1:5 yutqazganimiz.

-Sizningcha O'zbekistondagi eng kuchli murabbiy kim.
-Men uchun Rauf Inileev boshqalardan kuchliroq, uning futbolga bo'lgan yondoshuvi o'zgacha.

-Terma jamoamizning so'nggi pallalardagi omadsizligini qanday izohlaysiz, masalan JCH-2014, OK-2015.
-Buni etarli shart sharoitlarni vaqtida yaratib berilmagani bilan izoxlayman. Bizni ham omadimiz keladi qachonki masul doira vakillari o'z ishiga masuliyat bilan yondoshsa.

-Muxlislarni stadionga qaytarish uchun eng avvalo nimalar qilinishi kerak.

-Evropada futbol bayram, unga pul tikkan odam daromad oladi. Bizda esa... Marketing va menejerlarimiz ishlashi kerak. Albatta tomoshabinlarning maydonga kelishi o'sha chempionatning sog'lom raqobat ostida kechishiga ham bog'liq. Favoritlar hamma mamlakatlarda ham bor ammo yaqqol g'alaba qozonish bilan sahnalashtirilgan g'alabali bahslarni muxlislar ajratib olishadi va kelasi safar maydonga oshiqmaydilar. Menejerlar ishlashi kerak. Sog'lom raqobat ostida o'tadigan har qanday bellashuvni stadionda kuzatish baribir maroqli.

-Bu yil oliy ligada kimlar o'zini ko'rsatadi deb o'ylaysiz.
-Bu yil "Paxtakor"dan Masharipov, Sergeev, "Bunyodkor"dan albatta Rashidov va jamoaning yoshlari, "Lokomotiv"dan Koryan va SHoahmedov, "Nasaf"dan Koblash va Hamrobekov, shuningdek SHerzod Hakimov, Vyacheslav SHevchenko, "Olmaliq"dan ham kimlardir o'zini ko'rsatadi.

-Sizningcha oliy ligada nechta jamoa bo'lishi kerak va qanday formatda o'tkazilishi kerak.
-Men oliy ligada 12 jamoa qatnashishi tarafdoriman. Dastlab uy-safar tizimida ikki davralik 24 o'yin bo'lsa, keyin 1-6 va 7-12 o'rinlar bir davralik (qura orqali uyda yoki safarda o'ynashi aniqlanadi) 6ta o'yin o'tkazishadi.

-6 oylik va 1 yillik shartnomalarga munosabatingiz.
-CHunki jamoalarimizning maqsadlari jiddiy emas va futbolchilarimiz ham bir xil tempda o'ynay olishmayapti.

-OCHLda qatnashayotgan to'rtta jamoamizdan qaysi biri uzoqroqqa bora oladi deb o'ylaysiz.
-2 turdan keyin aniq aytish qiyin. Barcha jamoalarimiz uzoqroqqa borishini tilab qolaman.

-Loyihamizning ananaviy bir savoli bor: oxirgi o'qigan kitobingiz.
-SHuhrat Jabborovning "O'zbekistonda kim qanday yashaydi" kitobini o'qidim.

-Birinchi yozgan maqolangiz hech esingizdan chiqmasa kerak.
-Ha albatta, Rustam Qosimjonovning shaxmat bo'yicha jahon chempioni bo'lgani haqida yozgandim.

-Sportning yana qaysi turlariga qiziqasiz.
-Boks va tennisga qiziqaman. Farrux Do'stov va Denis Istominga musobaqalarda omad tilab o'tiraman. Basketbol va xokkeyni ham ko'rib turaman bazida. O'quvchilik paytlarimda futbol va boks bilan shug'illanganman.

-Qaysi jamoa muxlislarini eng fidoiy, faol muxlislar deb bilasiz.

-Namanganlik muxlislarni.

-Futbol muxlisi qanday bo'lishi kerak sizningcha.
- Muxlislar Germaniyalik muxlislar kabi bo'lishi kerak.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика