So’nggi yangiliklar

02:00Қизиқарли ҳолат: ПСЖдан 19 метр узоқдаги жамоа Лига 1'га чиқди  3 01:54АПЛ. Де Брюйненинг ягона голи "Манчестер Сити"га ғалаба келтирди  36 01:21"Ливерпуль" Трентни "Реал"га қўйиб юборишга тайёр, фақат бир қанча шартлар билан  1 00:41Саудия Арабистони. "Ал Файҳа" асосий рақобатчисини мағлуб қилди ва "учиб кетиш ҳудуди"дан узоқлашди  0 00:15Лаутаро Мартинесда ҳали имкон бор  0 23:43Илёс Зейтуллаев: "Ютганимизда бугун қаҳрамон бўлар эдик"  5 23:22Клублар ўртасидаги ЖЧ вақтида "Реал"ни бошқа мураббий бошқариши мумкин  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Ютқазаётган вақтимизда ҳам режамиздан чекинмадик ва ҳақли ғалабага эришдик"  2 22:28Суперлига. "Қўқон-1912" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бунёдкор" майдонида зафар қучди  33 21:59Ҳаким Фузайлов: "Амалдаги чемпиондан бир очко олдик, бундан хурсандмиз"  4 21:31Рўзиқул Бердиев: "Очко йўқотишга ҳақли эдик"  20 21:16"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 20:48Микель Артета: "Ливерпуль" чемпионликка ҳақли эди"  0 20:15Суперлига. Пешқадам "Насаф" "Хоразм"ни юта олмади  56 19:59Аббосбек Файзуллаев: "Ҳусанов мени "Сити"га таклиф қилмади"  18

"12-muxlis"da Muxiddin Xoliqov! Yangiliklar

"12-muxlis"da Muxiddin Xoliqov!

Tinib tinchimas ijodkor o'quvchimiz, "FK Davr"dan yangi loyiha.
Har seshanba kuni saytimizdagi bironta xabar tagida o'quvchilar yig'ilib, o'zaro savol javob qiladilar. Endi savollar aniq bir kishiga yo'naltiriladi va undagi eng sara savol javoblar payshanba kungi muxlis kunida bosib chiqariladi. Demak, birinchi ishtirokchi Muxiddin Xoliqov.

- Avvalo o'zingizni yaqinroq tanishtirsangiz.
- Ism familiyam nikda yozilgan. 1983 yilda tug'ilganman. Oilaliman, ikki nafar shirin o'g'ilchalarim bor. G'aznachilik bo'linmasida guruh boshlig'i bo'lib ishlayman.

- Sizni Mirjalol Qosimovni ashaddiy muxlisi sifatida bilamiz. Xatto unga yaqinligi ham bor deyishadi. Qosimov bilan bog'liq aloqalar, xotiralar xaqida aytib bering.
- 2003 yil, talabalik davrlarim edi, BAAdagi JCHda qatnashib kelayotgan yoshlarimizni kutib olishga chiqqanman. Geynrix, J.Xasanov, T.Sultonov, A.Berdiev, Umid Isoqov, Sarkisyanlar bilan suratga tushib, gaplashib tursak, bir payt aeroportdan Mirjalol Qosimov chiqib kelyaptilar. Hammamiz uni o'rab oldik. Biz bilan suratga tushib suhbatlashib turdilar. Judayam oddiy va samimiy ekan. Tasavvur qiling yoningizda Mirjalol Qosimov. Men unga muxlisman xolos. Xotiralar ko'p, ayniqsa Turkmaniston terma jamoasiga jarimadan urgan goli haliyam ko'z oldimdan ketmaydi.

- Futbol siz uchun nima?
-Futbol men uchun - quvonch. Ayniqsa stadionda ko'rganimda 90 daqiqa dunyo g'am-tashvishlarini unutaman.

- Siz doim "Olg'a "CHelsi" deysiz, bu jamoani nimasi yoqadi. APLda boshqa klublar ham ko'p-ku.
-Men futbolga muxlisman. Barcha jamoalarning, futbolchilarning o'yinidan rohatlanaman. "CHelsi"dan Azar va Ivanovichlarning o'yini yoqadi. "CHelsi" kuchsiz paytlarda ham kuchlilardan ochko olardi, balki shunisi yoqqandir. APLdagi xamma jamoa o'yinini kuzatib boraman.

- "CHelsi" jamoasiga qachondan muxlissiz?
- Xasselbank o'ynagan davrlardan beri.


- Nega milliy chempionatimizga befarqsiz?
-Muxlislarga beetibor chempionatga men etiborli bo'laymi. Axir futbol muxlislar uchun emasmi. Ular o'z bilganini qilishyapti. SHularni bilib turib chempionatdan voz kechdim. Bizga toza havo kerak.

- O'zbek futboliga befarqman deysiz, bu stadionga kiraman lekin futbol ko'rmayman deganga o'xshab qolyapti.

-Siz meni oxirgi marta qachon oliy liga yoki klublarimiz xaqidagi xabarlarga komment yozganimni ko'rdingiz. Terma jamoa bu boshqa olam. Ichki chempionat esa... Mayli gapirmay, jurnalistlarimizni yozgani kammi.

- Kommentlarda eng ko'p so'kish eshitgan siz bo'lsangiz kerak yuzerlardan. SHunday paytlar o'zingizni qanday tutib turasiz.

- To'g'risi men janjalni yoqtirmayman. Bahsni esa yoqlayman. Bazi yuzerlar virtual olamda irodasi bo'shlik qilib so'kinishadi, hech kim ko'rmaydi deb o'ylashadi. Hammasini Xudo ko'rib turibdiku. Avvalo o'zini hurmat qilgan va irodasi mustahkam odam xaqoratlardan tilini tiyib tura oladi.

- Saytda o'z komment yozish uslubiga ega yuzerlardan kimlarni ko'rsata olasiz.

- 1.bek maur-kommentlari sher, maqol, hikoya falsaviy manoda yoziladi, g'ij-g'ij mano. Qaniydi uning yozganlarini hamma tushunganda edi. 2.Mexanik-14-kommentlari xar doim xursandchilik kayfiyatida yoziladi. Boshqalarda o'xshashlik ko'p menimcha.

- Qanday qo'shiq va kitoblarni xush ko'rasiz?
- Men xaqiqatga yaqin yozilgan asarlarni o'qishni yoqtiraman. To'g'risi so'nggi o'n yilda kitob o'qimadim. Avval o'qiganlarim "SHaytanat", "CHo'qintirgan ota yoxud mafiyalar sardori", "Yulduzli tunlar", "Avlodlar dovoni", "Yovvoyi yo'rg'a" va xokazo. Qo'shiqlardan Toxir Sodiqov, Yulduz Usmonova, SHerali Jo'raev qo'shiqlari yoqadi.

- O'z ramziy terma jamoangizni tuzib bering.
- Darvoza: Buffon, himoya: R.Karlos, Kannavaro, Maldini, Kafu, yarim himoya: Bekxem, Jerrard, Zidan, hujum: Ronaldu, Ronaldo, Messi.

- Qaysi viloyat muxlislarini eng fidoiy muxlislar deb bilasiz?

-O'zim ko'rmaganman lekin Namangan va qo'qonlik muxlislarni fidoiy deb eshitganman.

Endi “FK Davr” ijodiga tegishli bo'lgan tagida chuqur manosi bo'lgan sherni etiboringizga taqdim etamiz.

Har doimgi mashmasha.
Qilishib xo'b xarhasha.
Tortishar ikki muxlis.
Elga bo'lib tomosha.

Nima emish Ronaldu.
Futbolni o'ynolmasmish.
Xavi, Inesta bo'lmasa.
Messi gol urolmasmish.

Ha endi muxlischilik.
Bunday bahslar tabiiy.
Hammagayam yoqadi.
Bahslar bo'lsa tahliliy.

Lekin bazan chiqishib.
Futboldan tashqariga.
Aralashib ketishar.
SHaxsiy ishlariga.

Tasavvur qiling birdan.
SHunday xabarlar chiqsa.
SHu xabar deb yo'q joydan.
Yaxshimas janjal chiqsa.

"Ronaldu bir bayramda.
Rosa ichib olganmish".
"Eshitdingizmi, Messi.
Kazinoga borganmish".

YO alhazar, yo tavba.
Bu ne xabar, bu ne gap.
Muxlislari tortishar.
Bo'lib tarafma-taraf.

"Uydirma bu, bo'xton bu.
Ronaldu hech ichmaydi.
Lek yuz foiz haqiqat.
Messi qimor o'ynaydi".

Bu taraf ham kirishar
Messijonni oqlashga.
Ronalduni chiqarib.
Qo'yishar g'irt alkashga.

SHu payt ikki "aqlli".
Tushib olib o'rtaga.
O'zin sharmanda qilar.
Bilmayin yo jo'rtaga.

"Bunaqa narsalarni-
Yigitni guli ichar".
"Kazinolar Messini.
Reklamaga taklif qilar".

Messi nima qilsayam.
Yigitmish tuppa tuzuk.
Ronalduning tupurgan
Tupugi ham emish oppoq.

Xuddi qiz yigitini.
Sevgan kabi sevishar.
Xar bir harakatida.
Taqlid qilib yurishar.

Yurishlarin o'xshatar.
O'xshatar turishlarin.
Har qadamda qaytarar.
Tirjayish, kulishlarin.

Sochin turmaklab olgan.
Xuddi o'ziday qilib.
Suratin o'pib qo'yar.
Sevgan qiziday bo'lib.

Ko'rishib qolsa agar.
Devorishar-ov "otam".
O'lib qolsa etti yil.
Tutishadi-yov motam.

Erkak bo'lib erkakka.
Buncha ko'ngil berishlar.
Kerilasan kamida.
Qo'l berib ko'rishganday.

Kim bilsin balki ular.
Rostdan shunday qilgandir.
Balki shov-shuv bo'lsin deb.
Kimdir atay qilgandir.

Nima bo'lsa ham bu gap.
Yaxshi gap emas axir.
Bilmasdan olma taraf.
Yigitsanku sen axir.

Kim nima desa desin.
Sen tilingga berma erk.
Ular eb qo'ygan esin.
Sening millating O'zbek.

YO birov gugurt chaqsa.
Yonguvchi o'tinmisan
Nima balo yoki sen.
Messiga xotinmisan.

Ronalduga xavas qil.
Futbol tufayli faqat.
Futbolchi qanday bo'lar.
Messidan olgin ibrat.

Endi bu yurishlaring.
Yig'ishtirgin xoy ukam.
Bazi akalaringga.
Ibrat bo'lgin oy ukam.

Qara bu yurishingdan.
Uyalyapti mahallang.
Mahallani oldida.
Kim bo'ldi endi otang.

"O'zi boshladi" dema.
O'zingga javob bergin.
Rahmat eshitib odamlardan.
Otangga savob bergin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика