So’nggi yangiliklar

09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  2 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11

"12-muxlis"da “FutbolN1”! Yangiliklar

"12-muxlis"da “FutbolN1”!

Loyihaning ikkinchi ishtiroki, “Buxoro” jamoasining ashaddiy muxlisi, “FutbolN1” nikidagi Nodir aka bo'ldilar.
- Nodir aka futbolga necha yoshingizdan boshlab qiziqasiz?
- Buning tarixi uzun. Hamma qatori bolaligimdan qiziqaman, aniqrog'i 1989 yil 3-sinfda o'qib yurgan paytlarimdan.

- Xobbingiz nima?
-Xobbim albatta futbol.

- Kumiringiz kim?
- Kumirim sobiq "Nurafshon" (Buxoro) darvozaboni rahmatli Aleksandr Tityanov. Uning harakatlari, seyvlari, to'pni olib qo'yishlariga qoyil qolardim.

- Hozirda qaysi darvozabon muxlisisiz?
- Keylor Navas.

- "Buxoro" jamoasing ko'p yillik ashaddiy muxlisisiz. Jamoa ishtirokidagi eng esda qolgan o'yin qaysi?
- Hammasini yozaman desam roman yozishimga to'g'ri keladi. Bittasini aytaman 1995 yil "Nurafshon" - "Yangier" 1:2 o'yini jangi hech esimdan chiqmaydi.

- Birinchi marta qaysi futbolchining formasini sotib olgansiz?

- Rinat Dasaevning formasini.

- Qaysi futbolchilar bilan bir jamoada o'ynashni xohlardingiz?

-O'zimizdan Sardor Rashidov, xorijdan Robben bilan bir jamoada o'ynashni xohlardim.

- Tanlang: 1."Buxoro" OCHLda chempion bo'ladi lekin 1-ligaga tushib ketadi. 2.Oliy ligada doimiy sovrinli o'rinlarda yuradi?

- Ikkinchi variantni tanlardim.

- Milliy terma jamoamiz JCHga chiqolmagan yillarini eslab afsuslanasizmi?

- Yo'q, nasib qilmagan ekan afsuslanmayman. CHunki kelajakda albatta chiqamiz JCHga Xudo xoxlasa.

- Qaysi xonandani muxlisisiz va oxirgi o'qigan kitobingiz qaysi?

- Toxir Sodiqov qo'shiqlarini maza qilib eshitaman. Xudoyberdi To'xtaboevni "Sariq devni minib" asarini maza qilib o'qiganman. To'g'risi ancha yil bo'ldi kitob o'qimaganimga.

- Hayotingizdagi unutilmas kun va o'yin?
- Balki ishonishmas lekin bu bir kunda bo'lgan. 2005yil 8 iyun kuni uylanganman, o'sha kuni JCH-2006 saralashida Saudiya Arabistoni bilan o'ynaganmiz. O'yinni jonli efirda ko'rolmagandim, 0:3 hisobida yutqazgandik.

-Holis tanlang, O'zbek futboli yoki Evropa futboli?
- Eng muhimi milliy terma jamoamiz o'yini. Qolgani ikkinchi darajali.

Odatga ko'ra “FK Davr”dan sher. “Real” va “Barselona” mavzusini davom ettiramiz. 
Qaradim-u taqvimga.
Beixtiyor dedim "O'".
Tel qildim amakimga:-
"Bugun el-klassiko!".

Bugun zo'r o'yin bo'lar.
Hammaga qiyin bo'lar.
Kimdir kimga "em" bo'lar.
Bugun el-klassiko!

CHiroq o'chib qolsa deb.
Qo'ydim dvijok obkeb.
Ko'rishar qo'shnilar keb.
Bugun el-klassiko!

Ertalabdan saytlarda.
Xatto tushlik paytlarda.
Tariflanar baytlarda.
Bugun el-klassiko!

Faol bugun yuzerlar.
Hozircha "do'st, uzurlar".
Tunda asabbuzurlar.
Bugun el-klassiko!

Kimlardir garov o'ynar.
Yanikim qimor o'ynar.
Futbolni birov o'ynar.
Bugun el-klassiko!

"Bugun yutadi "Real".
Natija hozirdan hal".
Dedi kimdir bir mahal.
Bugun el-klassiko!

"Yutadi bugun "Barsa".
"Real" unga hech narsa.
Javob berdi bir kimsa.
Bugun el-klassiko!

Natija qanday bo'lar.
Baribir shu ish bo'lar.
Ne bo'lar? Janjal bo'lar.
Bugun el-klassiko!

Yuzerlar bir-birin "er".
Og'ziga kelganin der.
Adminlarga sabr ber.
Bugun el-klassiko!

Asabimni asrayman.
Xotirjamgina uxlayman.
Uzr, saytdan chiqay man.
Bugun el-klassiko!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика