102 yoshli Otto Fisher: "Ikkinchi marta "Spartak"ning o'yiniga keldim va yana g'alaba"
27 apr 2015 13:00
Yangiliklar
102 yoshli Otto Fisher: "Ikkinchi marta "Spartak"ning o'yiniga keldim va yana g'alaba"
"Spartak"ning eng qari muxlisi, 102 yoshli Otto Fisherning takidlashicha, u o'z jamoasining keyingi uchrashuvlariga ham tashrif buyuradi.
Fisher kecha "Spartak" - "Rubin" uchrashuvini stadion tribunasidan kuzatdi va mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uning birinchi tashrifida ham "Spartak" shunday hisobda "Dinamo"ni mag'lub etgan edi.
"Spartak" bugun g'alabaga munosib o'yin ko'satdi. Ikkinchi marotaba "Spartak"ning o'yiniga keldim va yana g'alaba.
Buyog'iga ham shunday bo'ladi. Agar meni yana taklif qilishsa, albatta kelaman va g'olib bo'lamiz. Promes goliga keladigan bo'lsak, to'pni dumalatish emas, unga zarba berish kerak.
Buning uchun zarbalar sonini oshirish lozim. Qancha ko'p tesang, g'alaba uchun imkoniyat oshadi. Buni yodda tutish kerak. 10ta zarba bersang, darvozabon 9tasini qaytaradi" - deydi otaxon.
TAS-IX emas
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar