So’nggi yangiliklar

09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  0 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  2 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  1 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  5 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  17

10 evro evaziga sotilgan klub haqida Yangiliklar

10 evro evaziga sotilgan klub haqida

Teglar :  ItaliyaPalermo
“Palermo” egasi Mauricio Dzamparini gollandiyalik investorlarga klubni atigi o'n evroga sotib yuborgan edi.

Dzamparinining urinishlari foyda bermay, bundan ikki yil muqaddam jamoa B Seriyaga tushib ketgandi. “Palermo” hamon Italiyaning yuqori divizionidan o'rin olish uchun kurashib kelmoqda. “Palermo” oxirgi vaqtlarda aqlbovar qilmas g'alati ishlar qilmoqda. Bugun ana shunday voqealardan biri haqida so'zlab beramiz.

Klub egasi murabbiy almashtirishni yaxshi ko'rar edi

2015/16 yilgi mavsum: “Palermo”da etti marotaba murabbiy almashdi (Davide Ballardini va Djuzeppe Yakini — ikki marttadan). 2016/17 yillarda (“Palermo” A Seriyada o'ynagan edi): Dzamparini 5 bora jamoa rahbarini almashtirdi. 2017/18 yilgi mavsum: Mauricio va nihoyat bir insonga klubni ishonib topshirdi. U — Bruno Tedino edi. Aynan u klubni deyarli A Seriyaga olib chiqdi. Muxlislar Dzamparinini avvalgi obro'sini yo'qotib qo'ygani va murabbiylarni ishdan bo'shatmayapgani uchun mazah qila boshlashdi. Funkcioner esa bunga shunday javob berdi: “Men obro'imni yo'qotganim yo'q, shunchaki bunda davom etishni xohlamadim. CHunki mening metodlarim va fikrimni tushuna oladigan ideal murabbiyni topdim”.

Dzamparini aynan qanday metodlar haqida gapirgani biroz tushunarsiz. O'tgan mavsumda “Palermo” quyidagi sabablar tufayli B Seriyaning eng yomon top-8taligan o'rin egallagan edi:
1) foydalanilgan imkoniyatlar bo'yicha (har o'yinda 41%);
2) to'pga egalik qilish bo'yicha (har o'yinda 40,64%).
Umuman olganda, yuqori divizionga chiqa olmaslik va ahmoqona statistikalar Dzamparini yana eski principlariga ko'ra ish ko'rishga undadi: iyundan buyon jamoani Tedino emas, Roberto Stellone boshqaryapti.

Bugungi kunda “Palermo” birinchi pog'onani band etib kelayotgan bo'lsa-da, jamoa anchagina qarzga botgan (22,5 million evro). Elektronika bo'yicha biznesda omadi chopmagan Dzamparini bir o'zi jamoani boshqarolmadi va klubni idish-tovoq ishlab chiqaradigan Gollandiya kompaniyasiga bor yo'g'i 10 evro evaziga sotib yubordi. “Men klubni sotishda bir qarorga kelishga qiynaldim. Moliyaviy tomondan imkoniyati yaxshi va “Palermo”ning kelajagini taminlab beroladigan hamkorni topdik”, — degandi xayrlashuv press-konferenciyasida Dzamparini. U bosh murabbiylarni ko'p bor almashtirgani uchun muxlislar undan norozi edi. Biroq ular Dzamparini “Palermo”ga o'z vaqtida Kavani, Dibala, Pastore, Mikkoli va ko'plab kuchli futbolchilarni olib kelgani uchun undan minnatdor ham edilar.

Prezident — tatuirovka va limonni yaxshi ko'radi

Jamoa B Seriyaga tushib ketgunga qadar Mauricio Dzamparini “Palermo”ga yangicha fikrlaydigan va noodatiy qarashlarga ega murabbiy kerak degandi. Bu sifatlarni u Pole Bakkalinida ko'rdi va uni jamoa prezidenti etib tayinladi. Ular o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, Bakkalini kelgusida “Palermo”ning egasi bo'lishi kerak edi. Amerikalik avtobiznes orqali yuqoriga ko'tarildi va 5 mavsum ichida klubni sotib olish bo'yicha bitim imzolashni rejalashtirdi. 2017 yil boshida u klubga oid barcha malumotlardan habardor bo'lib turish uchun “Palermo”ning prezidentlik lavozimiga o'tirdi.

Bakkalini avval teleboshlovchi bo'lib faoliyat yuritgan. 2015 yil u sport menedjmentligi bo'yicha mutahassislikka o'qidi. Ha, “Palermo” muxlislari Bakkalini qaysi jihati bilan Dzamparinining etiborini tortganini tushunishmadi. Muxlislar avvaliga jamoaning “o'zgacha” prezidentidan norozi edilar. CHunki bunga bir qancha sabablar bor edi. Birinchidan, bunday jiddiy lavozim uchun Bakkalinining tashqi ko'rinishi mos emasdi. Uning qo'llari, badani va oyoqlari tatuirovkalar bilan to'la edi. Ikkinchidan, Bakkalini boshidanoq ulcbni qanday boshqarish kerakligini tushunmagan edi. Ilk press-konferenciyada u ikki yil ichida “Palermo”ning daromadini oshirib, jamoaga Messi va Ronaldu kabi yuqori darajadagi o'yinchilarni olib kelishga vada bergandi. Muxlislar sevimli klublari tezlik bilan B Seriyaga tushib ketayotganidan achchiqlanib, Bakkalinidan g'azablanayotgandilar. Uchinchidan, Bakkalinining o'ziga xos qarashlari bor edi: u limonni juda yaxshi ko'rardi. SHuning uchun ikki yil avval limonlarni himoya qilish akciyasida ishtirok etgandi. Bundan tashqari, u Amerika jurnali uchun limonlar bilan fotosessiya ham qilgan.

Ammo bu ish 5 oydan so'ng Bakkalinining istefoga chiqishi bilan yakunlandi. Menedjer bitta vadasining ustidan ham chiqqani yo'q: barcha ishlar Dzamparini orqali hal qilinardi, yani prezident zimmasidagi vazifalarni klub egasi bajarishiga to'g'ri kelardi. Bu ham etmaganidek, Bakkalini “Palermo”ni sotib olish bo'yicha pul o'tkazmalarini kechiktirdi va natijada Mauricio Dzamparini bunga dosh berolmadi.

"Mafiya" tufayli qamalgan sobiq hujumchi

Fabricio Mikkoli — so'nggi bir necha yilda “Palermo”ning yorqin o'yinchidaridan biri bo'la oldi. Biroq, bazi narsalar uning futboldagi obro'siga putur etkazdi. Joriy yil boshida “La Gazzetta dello Sport” Mikkolini Italiya futboli tarixidagi jabr ko'rgan o'yinchilardan biri deb atadi. “Yuventus”da Luchano Modji uni jismoniy jihatdan zaif deb erga urib, maydonda bemalol harakatlanishiga yo'l qo'ymasdi. “Benfika”da esa u haqiqatdan ham ajoyib o'ynadi, biroq tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Bu esa faoliyati yakunigacha u yaxshi harakatlanishiga halaqit berdi. Mikkoli “Fiorentina”ni B Seriyaga tushib ketishidan saqlab qolgan edi. Lekin florenciyaliklar qandaydir sabablar tufayli unga ish haqqini berishni kechiktirib yurishgan. Va oxir-oqibatda, Mikkoli faoliyati qamoqqa tushish bilan yakunlandi.

2017 yilda Mikkoliga fizioterapevt do'sti qo'ng'iroq qilib, yaqin tanishidan bergan pulini undirib olishida yordam berishini iltimos qildi. Mikkoli esa o'sha odamning yoniga borib, qarzni qaytarishini so'radi, lekin bundan hech qanday natija chiqmadi. Sud jarayonida futbolchi avvaliga o'zini muloyim tutib, keyin qarzdorga bosim o'tkazgan deb aytishdi. Oqibatda esa, "mafiya" bilan bog'liq do'stlari Mikkolining o'rniga ishni bajarishgan. Yani, ular qarzdorni urib, agar qarzni qaytarmasa yaqinlariga ham shikast etishi mumkinligi bilan qo'rqitgan va kerakli pulni undirib olishgan. SHundan so'ng, Mikkolini 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etishdi.

Muxlislar hakamdan muzqaymoq orqali o'ch olishdi

"Palermo" muxlislarini haqiqiy tifozi desak yanglishmaymiz. 2016 yil siciliyaliklar shahriga “Inter” tashrif buyurganida "Palermo" muxlislari mehmonlar tribunasiga o't qo'yib, stadiondan chiqishda janjal qilishgandi. O'tgan mavsum vaqtida "Palermo" uchrashuvlarining birida ilk bor Pol Bakkalini maydonga paydo bo'lganida, 45 daqiqa davomida baqirib, hushtak chalishgandi. "Palermo" muxlislari his-tuyg'ularini yashirib o'tirmaydilar. Birinchisi — “Palermo” uyda o'ynaganida stadion yarmi muxlislar bilan to'ladi. Ikkinchisi — futbol ishqibozlari jamoa mag'lub bo'lsa, qattiq tushkunlikka tushib qoladilar. O'tgan mavsumda “Palermo” raqibi “Fodje”ga 1:2 hisob bilan mag'lub bo'ldi. Bundan esa muxlislardan biri jahlini jilovlab ololmay, tribunadan maydonga tushdi va hakamning yuziga muzqaymoq chapladi. Eng kulgilisi, intizomni saqlash qo'mitasi qoidani buzgan muxlisni qidirib ham o'tirmadi. Aksincha, “Palermo”ga 10 ming evro jarima soldi. Bu ham etmaganidek, Eudjenio Abbatista sog'lomman, menga hech qanday zarar etmadi deyishiga qaramay, qo'mita uni yana tibbiy ko'rikdan o'tishga yuborgan edi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика