1 martga o'rtoqlik uchrashuvi yo'q-mi?
15 jan 2014 13:42
Yangiliklar

1 martga o'rtoqlik uchrashuvi yo'q-mi?
Avvaliga Tojikiston, keyin Malayziya terma jamoasiga qarshi 1 mart kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz haqida xabar chiqqan edi.
"Futbol sharhi" ko'rsatuvida ishtirok etgan terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov, Tojikistonning taklifi mish-mish ekanligini aytib o'tgan edi. Malayziya borasida xabar berilmadi. 5 mart kuni Mirjalol Qosimov shogirdlari BAA terma jamoasiga qarshi Osiyo Kubogi saralash uchrashuvining so'nggi o'yinini o'tkazadi.
Garchand qita chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lingan bo'lsada, bu o'yinda g'alaba qozonishimz kerak. Boisi, so'nggi yillarda BAA bizni bir necha marotaba mag'lubiyatga uchratib ulgurdi. BAA ustidan zafar quchishimiz uchun, tabiiyki O'zbekiston chempionatida qatnashadigan klublardan boshqa jiddiyroq bo'lgan terma jamoalarga ham qarshi to'p tepib turish kerak. Ammo, so'nggi malumotlarimizga ko'ra, FIFA kuni bo'lgan 1 mart sanasida ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilmaydi.

Fikrlar