21 noy 2018 20:36

Xyonnesga o'rinbosar topildi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
“Bavariya” klubi rahbariyatida yaqin vaqtlar ichida o'zgarish bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda Sport Bild.

Nemis klubi prezidenti Uli Xyonessga o'rinbosar topildi. Klub rahbari ilgariroq bergan bayonotida munosib nomzod topilsa, o'z lavozimini tark etishi mumkinligini aytgandi. Nashr malumotiga ko'ra, klub prezidenti o'z o'rniga eng munosib nomzod sifatida jamoaning sobiq darvozaboni va sardori Oliver Kanni ko'rmoqda. Aynan unga klub rahbari tomonidan yuksak ishonch bildirilmoqda.

Yaqin vaqt ichida “Bavariya” prezidenti keyingi saylovlarda ishtiroki borasida yakuniy qarorni qabul qiladi. SHunga qaramay, kelajakda “Bavariya” prezidenti lavozimiga asosiy nomzod sifatida Kan nomzodi qolaveradi.

Afsonaviy darvozabon 1994 yildan 2008 yilga qadar “Bavariya” sharafini himoya qilgan va jamoa bilan 22 ta sovrinni qo'lga kiritgan.

Manba : Sport Bild
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +14 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика