"Xorazm" nazorat uchrashuvida "Bunyodkor" o'rinbosarlari bilan durang o'ynadi
19 iyu 09:43
Yangiliklar


"Xorazm" nazorat uchrashuvida "Bunyodkor" o'rinbosarlari bilan durang o'ynadi
Superliga jamoalari ikkinchi davraga taraddudni davom ettirishmoqda.
Hakim Fuzaylov ustozligidagi "Xorazm" jamoasi yozgi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidan o'rin olgan nazorat uchrashuvida "Bunyodkor" o'rinbosarlari bilan kuch sinashdi. Darvozalarga 4 ta gol urilgan o'yinda tomonlar 2:2 hisobidagi durang natijaga imzo chekdi. "Xorazm"ning gollariga jamoaning yangi azolari Abbos Otaxonov va Andrey Gulyamov, yosh "qaldirg'ochlar"dan Abdulhamid Ikromov, Abdurahmon Sulaymonov mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi.
"Bunyodkor" U-21 - "Xorazm" 2:2
Gollar: Abdulhamid Ikromov, Abdurahmon Sulaymonov - Andrey Gulyamov, Abbos Otaxonov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar