17 jan 2019 22:22

Xajime Moriyasu: "O'zbekiston bilan juda xotirjam va bemalol o'ynadik"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Osiyo Kubogi doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida samuraylar ustozi qatnashdi.

"Bugungi bahsda maydonga tushirgan futbolchilarim borini berib harakat qilishdi. Guruhdan uchta g'alaba bilan chiqqanimizdan juda xursandmiz. O'zbekistonga qarshi xotirjam va ahil jamoa bo'lib o'ynashni maqsad qilgandik va buni uddasidan chiqdik.

Avvalgi ikkita o'yinga nisbatan aytadigan bo'lsam, mazkur o'yinni ortiqcha bosimsiz va bemalol o'tkazdik. Umuman olganda guruh bosqichidagi raqiblarni ajratmayman. Barcha raqiblar bir xil darajada bo'lishdi.

Pley-off bosqichida Qatar yoki Saudiya Arabistoniga qarshi duch kelamiz. Bizga farqi yo'q, raqib tanlamaymiz. O'zbekistonga qarshi o'yinda 10 nafar yangi futbolchini tushirish bu tavakkal emas, balki ularga bo'lgan ishonch. Mashg'ulotlarda kim yaxshi shug'ullansa va kim tayyor bo'lsa, o'shani maydonga tushirdim. Kelasi bahsda ham kim ko'proq va yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'lsa o'shani o'ynaydi", - deya fikrlarini bildirdi Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  -107 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика