16 iyu 01:01

Vitaliy Levchenko: "G'alaba qozonish uchun gol urish kerak"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Superliga 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bunday uchrashuvlarda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Birinchi bo'limda ikkita ajoyib imkoniyatimiz bor edi. Agar o'sha vaziyatlardan foydalanganimizda, o'yin natijasi allaqachon o'zgarib ketgan bo'lar edi. Ishtiyoq va harakat bo'yicha hech qanday etirozim yo'q, ammo mahoratimiz biroz etmadi g'alaba uchun etarli bo'lmadi. Tablodagi hisob barchasini ko'rsatib turibdi", - dedi Vitaliy Levchenko bugungi bahs yakunlangach.


- "Neftchi" bugun yaxshi o'yin o'tkazdi, ammo muxlislar uchrashuv yakunlanganidan so'ng futbolchilarga etiroz bildirishdi. Futbolchilar ushbu etirozlarga haqlimi?

- Men nima bo'lganini ko'rmadim, to'g'risi. Biz favorit ekanligimiz aniq edi. Yana bir bor takrorlayman, g'alaba qozonish uchun gol urish kerak. Muxlislarimiz bilan ro'y bergan vaziyatni ko'rib chiqamiz. Ular bilan gaplashib olamiz, muxlislarimizda qandaydir etiroz bo'lsa.

- "Neftchi" o'yinni asosiy hujumchi bilan boshlamadi. Keyinchalik yaqqol hujumchi maydonga tushirildi, agar shu ishga o'yin boshidayoq qo'l urganingizda, hisob boshqacha bo'lishi mumkin edimi?

- Siz nega bunday fikrlayapsiz? Marushich sof hujumchi emasmi?

- Tabatadze o'z vaziyatlarini oxirigacha etkaza oldi. Menga shunday ko'rindi. Birinchi bo'limda esa bunday holatlarni ko'rmadim. Tabatadze yorqinroq o'ynadi.

- Qarang, "Surxon" himoyachilari ikki taym o'ynashdi. Tabatadze esa 20 daqiqa maydonda harakatlandi. Tabiiyki, Toma jismoniy jihatdan ustunlikga ega edi. Himoyachilar bilan yaxshiroq kurashishi kerakligi aniq edi. Shu sababli, u o'yinga yaxshiroq kirishib ketgandek tuyulgandir. Hujumchining eng asosiy vazifasi - gol urish. Bugun esa Marushich va Tabatadze raqib darvozasini ishg'ol eta olishmadi.

- Shahboz Beg'amov "Neftchi"ni tark etdi. Ushbu holat haqidagi fikringiz bilan bo'lishsangiz. Bunga nima sabab bo'ldi? 

- Rahbariyat qarori.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  -1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

+2
16/06 01:09
Абдугаффор . N
Уровен Тожикистон лигасига Мос экан. Кечиктирмай алмаштириш кк мураббийни.
+1
16/06 01:33
Kambaraliev
Гол уришлари ун сан латтада тактика деган нарса болиши керак бир ойин ун 2 3та планин болиши керек сан корког босен болларин югирмаса Ракиб озига ози урвосинми асабларди йедин
+1
16/06 01:03
From Earth
Калланга урай, истеъфога чиқ, шунақа кучли таркибни еғиб берсаям ўйнатолмпяпсан.
0
16/06 14:03
Шухратжон Муйсинович
Ҳужумчиларимиз бирга бир вазиятлардан гол ура олишмаяпти. Химоячилардан ўтиб кетишяптию, лекин менимча дарвозабон бўлмаганда уришарди, деярмуш
0
16/06 11:04
Wonderboy7
Тугри Левченкони уровень Тожикистон лигасига мос, Рахбарият курмаётганига койил, даже Динамо олдинда состави бунака номдор булмаса хам, шунча пул хайф
0
16/06 09:59
Шахрух Палванов Палванов
Абдугаффор . N foydalanuvchining fikriga javob berish
Уровен Тожикистон лигасига Мос экан. Кечиктирмай алмаштириш кк мураббийни.
Точкасига урдиз тожикистон чемпионати биздан анча оркада бу мураббий узбекистон чемпионатига кучи етмайди
0
16/06 09:40
Shovruq88
Zoʻr trener!Surxon ham podarka jamoa emas!Davay Levchwnkoooo!!
0
16/06 07:17
F.K.N.
Шунча муҳлисни аҳмоқ қилиб юришибдида сикилишга ҳожат йўқ.
0
16/06 02:11
21 ASR FUTBOLI
Нефтчи" бугун яхши ўйин ўтказди.....qaysi axmoq jurnalist wunaqa didi qanaqasiga yaxshi oynadi yaxshi oynasa muxlislar etiroz bildiradimi tupoy oyin dabdalayu....
0
16/06 02:07
Qwerty 007
Jurnalistlarning ham IQ darajasi zoʻrda, klub matbuot kotibining ishdan boʻshash sababini murabbiydan soʻrab oʻtiradi.
0
16/06 01:19
ZOKIR ESHIMOV
Neftchi va Levchinka Navbahor 2
0
16/06 01:18
Odilbek Abdushukurov
"G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak".. :))
0
16/06 01:18
ZOKIR ESHIMOV
Chiqish eshiklari koʻrsatilsin
Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика