30 dek 2018 01:50

Unai Emeri: "Yaxshi deb bo'lmaydigan natija. Bu mag'lubiyatdan kerakli xulosalar chiqarib yanada yaxshi o'yin ko'rsatamiz"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Liverpul"dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan (1:5) so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'ylaymanki, o'yinni yomon boshlamagan edik. Birinchi bo'lib hisobni ochdik. Biroq, keyinchalik yaratilgan vaziyatlar, shijoat va mahorat o'z so'zini aytdi. Bunga qarshilik ko'rsata olmadik.

Ikkinchi bo'limda bitta gol urib, asta-sekin o'yinni o'z qo'limizga olishni rejalashtirgandik. Ammo, ikkinchi penalti bellashuv taqdiriga nuqta qo'ydi.

Yaxshi deb bo'lmaydigan natija. Bu mag'lubiyatdan kerakli xulosalar chiqarib yanada yaxshi o'yin ko'rsatamiz.

Himoyada ehtiyotkor o'ynashimiz kerakligini tushunib turibmiz. "Liverpul o'yinga qo'sha oldi va bu biz uchun namuna bo'lishi kerak. Xuddi shu tarzda ishlashimiz talab etiladi", — deya Emerining so'zlarini keltirdi BBC nashri.

Manba : bbc.com/sport/football
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +8 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика