12 dek 2018 12:49

Umid Ahmadjonov Dohada bo'lib o'tayotgan FIFA sammitida qatnashmoqda

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun Qatar mamlakatiga jo'nab ketgan edi.

Bugun Doha shahrida sammitning asosiy sessiyalari boshlandi. Unda FIFAga azo 5ta konfederaciyadan 50ta mamlakat vakillari orasida O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etmoqda.

Sammit davomida FIFA tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, tashkiliy qo'mita hisobotlari tinglanyapti. SHuningdek, FIFAga azo futbol associaciyalarini FIFA Forward dasturi asosida moliyaviy qo'llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilinmoqda. FIFA Forward dasturi asosida azo mamlakatlar futbol associaciyalari futbol infratuzilmasini yaxshilash, suniy va tabiiy qoplamali maydonlar barpo qilish va ularni rekonstrukciya qilish, bolalar va ayollar futbolini rivojlantirish hamda boshqa ko'plab shu kabi yo'nalishlar bo'yicha moliyaviy yordam olishlari mumkin.

Bundan tashqari, sammit sessiyalarida FIFA tasnifi ostida o'tayotgan musobaqalarda VAR tizimini yo'lga qo'yish, bu tizimni rivojlantirish bo'yicha ham amaliy takliflar ko'rib chiqiladi.

Qatarda bo'lib o'tayotgan FIFA sammiti 13 dekabr kuni o'z yakuniga etadi.

Manba : ufa.uz
Bu xabar bilan bo'lishing:
  -22 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика