So’nggi yangiliklar

13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  18

Uchta taxmin, bitta raqib Yangiliklar

Uchta taxmin, bitta raqib

Muxlislar O'zbekiston terma jamoasining pley-offdagi raqibi kim bo'lishini intiqlik bilan kutishyapti.

Osiyo Kubogida sekin-asta guruh o'yinlari o'z yakuniga etib bormoqda. Bugun bo'lib o'tgan "B" guruhidagi 3-tur bahslaridan so'ng biz joy olgan guruhning ikkinchi jamoasi bilan 1/8 finalda o'ynaydigan raqib nomi malum bo'ldi. 

SHunday qilib "B" guruhida Iordaniya 7 ochko bilan birinchi, Avstraliya esa 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Musobaqa taqvimiga ko'ra, guruhdagi ikkinchi jamoa, yani Avstraliya bizning guruhdagi ikkinchi jamoa bilan o'ynaydi. 

O'zbekiston terma jamoasi hozircha "F" guruhida peshqadam bo'lib turibdi. Biz ham, Yaponiya ham bir xil 6 ochkodan to'plagan, faqat to'plari nisbati bizda yaxshiroq. 17 yanvar kuni bo'lib o'tadigan o'zaro o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritadi. Durang natija ham guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlashimizni taminlaydi. 

Agar Yaponiya bilan bo'ladigan o'yinda mag'lubiyatga uchramasak, unda pley-offda "E" guruhining 2-jamoasi bilan o'ynaymiz. Bu Qatar yoki Saudiya Arabistoni bo'ladi. Hozircha guruh jadvalida Qatar bilan Saudiya Arabistoni bir xil 6 ochko jamg'argan. Faqat to'plar nisbatiga ko'ra Qatar 1-o'rinni egallab turibdi. 

Bizning guruhda kim 1-o'rinni olsa pley-off bahsini 21 yanvar kuni SHarjadagi stadionda o'tkazadi. Ikkinchi o'rinni olgan jamoa esa Al Aynda qolib Avstraliya bilan o'ynaydi. Qizig'i, boyagina yakuniga etgan Avstraliya - Suriya bahsi "Xalifa bin Zayed" stadionida o'tkazildi. Indinga biz ham shu stadionda o'ynaymiz. Mag'lubiyatga uchragan jamoa 21 yanvarda yana shu stadionda o'ynashiga to'g'ri keladi. 

Eng qizig'i shundaki, guruh o'yinlarini peshqadam sifatida tugatsak, pley-offdagi raqibimiz kim bo'lishini biroz kutib turishimizga to'g'ri keladi. CHunki "E" guruhining oxirgi tur uchrashuvlari O'zbekiston - Yaponiya bahsi yakuniga etayotgan bir pallada start oladi. 

Xullas, pley-offda bizga tushishi mumkin bo'lgan jamoalar soni uchtani tashkil etyapti, lekin shulardan bittasi raqib bo'ladi. Sizningcha, 1/8 finalda Avstraliya, Qatar yoki Saudiya Arabistonidan qaysi biri tushgani maqul?

P.S. 17 yanvar kuni biz diqqat bilan kuzatadigan ikkita o'yin:

18:30. O'zbekiston - Yaponiya

21:00. Saudiya Arabistoni - Qatar

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика