30 noy 2018 15:21

Superliga pley-off bahslari Olmaliq va Toshkentda bo'lib o'tadi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Xabaringiz bor, Farg'onaning “Neftchi” jamoasi musobaqa jadvalida oxirgi o'rinni band etib, Superligani tark etdi.

Endi Superliganing 10- va 11-o'rinlarini egallagan jamoalar Pro liga klublariga qarshi pley-off bahslarida maydonga tushishadi.

"Mashal" Superligada 11-o'rinni egallagan “So'g'diyona” jamoasiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushadi.

“Istiqlol” esa Superligada 10-o'rindan joy olgan AGMK jamoasiga qarshi pley-off o'yinida Superliga yo'llanmasi uchun bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvlar 3-4 dekabr kunlari soat 14:00da bo'lib o'tadi. “So'g'diyona” – “Mashal” bahsiga Olmaliqdagi “OKMK” stadioni mezbonlik qilsa, AGMK – “Istiqlol” o'yini Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi.


PLEY-OFF
3 dekabr, dushanba, 14:00
Olmaliq. “OKMK” stadioni
“So'g'diyona” – “Mashal”

 
4 dekabr, seshanba, 14:00
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni
AGMK – “Istiqlol”

Manba : pfl.uz
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика